So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
Kinematografiya agentligi bir qator tashkilotlar bilan hamkorlik memorandumini imzoladi
29-mart kuni Renessans kino uyida Kinematografiya agentligi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi, bir qator Respublika harbiy oliy oʻquv yurtlari oʻrtasida hamkorlik memorandumlari imzolandi. Unda kinoijodkorlar, maʼnaviyat targʻibotchilari, kursantlar hamda OAV vakillari ishtirok etdi.
Tadbir avvalida Kinematografiya agentligi direktori Firdavs Abduxoliqov sohadagi soʻnggi yutuqlar Respublika Prezidentining qoʻllovi bilan amalga oshirilayotganini bildirib, yangi loyihalar haqida maʼlumot berdi. Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Otabek Hasanov loyihaning mohiyati va hamkorlik istiqbollari haqida nutq soʻzlab, birlashib qilinayotgan kontentlar unumli boʻlishiga ishonch bildirishini maʼlum qildi.
Shundan soʻng Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi hamda Kinematografiya agentligi rahbarlari oʻrtasida “Kinokarvon” aksiyasini yuqori darajada tashkil etish va oʻtkazish boʻyicha hamkorlik memorandumi imzolandi.
Tadbir davomida yigʻilganlarga “Kinokarvon” aksiyasi bilan bogʻliq roliklar qoʻyib berildi va joriy yildan aksiya yuqori atmosferada va xalqona oʻtkazilishi taʼkidlandi.
Maʼlumot oʻrnida, “Kinokarvon” loyihasi doirasida 2023-yilda yuzlab kinoijodkorlar ishtirokida 10 dan ortiq badiiy, 20 dan ortiq hujjatli filmlar premyera qilingan boʻlsa, 100 ga yaqin filmlarimiz muntazam ravishda respublikamizdagi mahallalarda va joylarda namoyish qilindi. Tadbirlar keng omma qatlamini qamrab oldi.
Taqdimotda Oʻzbekiston Kinoarboblar ijodiy uyushmasi raisi Matyoqub Matchonov soʻzga chiqib, “Kinokarvon” aksiyasida uyushmaga aʼzo aktyor va aktrisalar mamnuniyat bilan ishtirok etishi haqida gapirdi.
“Kinokarvon” taqdimotidan soʻng Agentlikning Kinoloyihalar bilan ishlash boʻlimi boshligʻi Feruza Nodirova soʻzga chiqib, bolalar va oʻsmirlar auditoriyasi uchun suratga olingan va olinishi rejalashtirilayotgan kinoloyihalar taqdimotini oʻtkazdi. Bir qator loyihalarga toʻxtalib, ularda vatanparvarlik, ezgulik, tarbiyaviy jihatdan yaxshi yoritilganiga urgʻu berildi.
Tadbirda maktab oʻquvchilari uchun oʻzbek va rus tillarida “Film qahramonlaridan ibrat olamiz” mavzusidagi insholar tanlovi haqida ham soʻz bordi.
Milliy kinematografiyada “Ostona”, “Sardor” kabi harbiy seriallar va filmlar tilga olinib, bu boradagi ishlarni davom ettirish maqsadida 10 ga yaqin Respublikadagi harbiy oliy oʻquv yurtlari masʼullari bilan qoʻshma loyihalar ishlab chiqish boʻyicha memorandum imzolandi.
Jumladan, Ichki ishlar vazirligi huzuridagi Ichki ishlar vazirligi akademiyasi bilan “Hayot akademiyasi” (ishchi nomi) badiiy filmi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi huzuridagi Favqulodda vaziyatlar vazirligi akademiyasi bilan “Qutqaruvchi” (ishchi nomi) kabi kinoloyihalar boʻyicha kelishuvga erishildi.
Memorandumlar Milliy kinematografiyani rivojlantirish markazi direktori Furqat Usmonov hamda harbiy oliy oʻquv yurtlari rahbarlari oʻrtasida imzolandi.
Shuningdek, Kinematografiya agentligi, Respublika maʼnaviyat va maʼrifat markazi va Oʻzbekiston Milliy media assotsiatsiyasi tashkilotchiligida “Har bir serial — bir missiya” nomli seriallar tanlovi haqida ham soʻz bordi.
Mazkur tanlovda eng yaxshi loyihalar sifatida tan olingan “Mening yurtim” telekanalining “Piramida”, “Renessans TV” telekanalining “Vaʼda” , “Sevimli” telekanalining “Qismat oʻyinlari”, “ZOʻR TV” telekanalining “Oq qushlar” seriallari 15-sentyabrdan boshlab “Yashil yoʻlak” tartibida barcha telekanallarda bir paytda namoyish qilinishi rejalashtirilgani maʼlum qilindi.
Tadbir soʻngida hamkorlar Kinematografiya agentligi bilan amalga oshirilishi kutilayotgan loyihalarni birgalikda bajarishdan mamnun ekanliklarini bildirdi.