So`ngi yangiliklar
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi
AQSH Adliya vazirligi Appleʼni sudga berdi
AQSH Adliya vazirligi va 16 shtat bosh prokurorlari Apple Inc kompaniyasini monopoliyaga qarshi qonunlarni buzganlikda ayblab, sudga murojaat qildi.

Arizada vazirlik kompaniya raqobatchilar va isteʼmolchilar imkoniyatlarini noqonuniy cheklash uchun Iphoneʼni nazorat qilishdan foydalanganini daʼvo qilgan, shuningdek, Appleʼni yangi ilovalarning oʻsishiga toʻsqinlik qilayotganlikda va raqobatdosh mahsulotlarning jozibadorligini pasaytirganlikda ayblagan.
Daʼvoda kompaniyaning isteʼmolchilarga raqobatdosh smartfon platformalari oʻrtasida almashishni osonlashtiradigan ilovalarni bloklashi, uchinchi tomon raqamli hamyonlarini cheklashi va boshqa kompaniyalar tomonidan ishlab chiqarilgan aqlli soatlarning “funsionalligini kamaytirish” haqida aytilgan. Adliya vazirligiga koʻra, mijozlar Iphonedan foydalanishni davom ettirishga majbur boʻlishi uchun boshqa qurilmalarda oʻzining xabar almashish ilovasi sifatini yomonlashtirgan.
“Apple smartfonlar bozoridagi monopol mavqeini nafaqat raqobatchilardan oʻzib ketgani, balki monopoliyaga qarshi federal qonunlarni buzgani uchun ham saqlab turibdi. Biz Apple isteʼmolchilarga ham, ishlab chiquvchilarga ham zarar yetkazadigan raqobatga qarshi xatti-harakatlar strategiyasini qoʻllayotganini daʼvo qilamiz”, dedi AQSH bosh prokurori Merrik Garland.
Apple kompaniyasi daʼvoni rad qilmoqda va bu odamlar kutgan texnologiyalarni yaratish qobiliyatiga putur yetkazishini taʼkidlamoqda.
“Bu hukumatga odamlar uchun texnologiya rivojini qattiq nazorat qilish imkoniyatini berib, xavfli pretsedent yaratadi”, deyiladi Apple bayonotida.
AQSH Adliya vazirligi soʻnggi 14-yil ichida Apple kompaniyasiga qarshi monopoliyaga qarshi qonun buzarliklar yuzasidan ikki marta sudga murojaat qildi, biroq u kompaniyani bozordagi hukmron mavqeini noqonuniy ravishda manipulyatsiya qilishda birinchi marta ayblamoqda.



