Qidirish

14:44 / 2024-03-22 1656 0 Dunyo

AQSHda “Turon Assotsiatsiyasi” oʻz ishini boshladi

world-news

Oʻzbekiston elchisi Furqat Siddiqovning AQSHning Boston shahriga (Massachusets shtati) tashrifi doirasida ushbu shahar va uning atrofida istiqomat qiluvchi vatandoshlar bilan uchrashuv oʻtkazildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” agentligi.

Uchrashuv doirasida vatandoshlarga Oʻzbekistonda ular uchun yaratilayotgan imkoniyatlar toʻgʻrisida maʼlumot berilgan.

Tadbir davomida Boston shahrida yangi tashkil etilgan Oʻzbek jamoasi “Turon Assotsiatsiyasi”ning ochilishi ham boʻlib oʻtgan. Assotsiatsiyaning asosiy vazifalari orasida Oʻzbekiston madaniyati va merosini saqlash va uni keng jamoatchilikka targʻib qilish, vatandoshlar oʻrtasida maʼrifiy va ilmiy tadbirlarni tashkil etish kabi muhim yoʻnalishlar mavjud ekaniga urgʻu berilgan.

Bundan tashqari, Boston shahri va uning atrofida istiqomat qiluvchi vatandoshlarimiz uchun tashkil etilayotgan “Ildiz”onlayn platformasining taqdimoti ham oʻtkazilgan. Platforma, oʻz faoliyatini AQSHda ishlaydigan yuqori malakali mutaxassislar, moliya institutlari, universitetlar, yuridik firmalar, tadbirkorlar va investorlarning tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlashga yoʻnaltirilgan.

Soʻngra vatandoshlar hamda amerikalik hamkorlar ishtirokida kirib kelayotgan Navroʻz bayrami munosabati bilan madaniy kecha tashkil etilgan. Xususan, tadbirda Garvard universitetining yetakchi olimlari va institut rahbarlari ishtirok etgan.

Ularga Oʻzbekistonning turistik va gastronomik salohiyati, madaniy urf-odatlari, boy madaniyatning oʻziga xosligi, shuningdek, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotda kuzatilayotgan dinamik oʻzgarishlar haqida maxsus videolavhalar namoyish qilingan.

Uchrashuv yakunida vatandoshlar ikki tomonlama hamkorlikni kengaytirish, Oʻzbekiston va AQSH oʻrtasida madaniy va ilmiy almashinuv dasturlarini amalga oshirish, shuningdek, Oʻzbekistonning AQSHdagi imijini mustahkamlashga tayyorliklarini bildirgan.

Izohlar 0

Fikr bildirish