So`ngi yangiliklar
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Qirgʻizistonda sudya hibsga olindi
Qirgʻiziston Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi xodimlari Sverdlovsk tuman sudi sudyasi K.A.K.ni (Qodirqulova Alma Qamchibekovna) oʻta yirik miqdorda pora undirishda gumon qilib, qoʻlga oldi.
Qoʻmita maʼlumotlariga koʻra, u sudlanuvchilardan 12 ming dollar undirgan, advokat G.M.V esa vositachilik qilgan.
«Sudya advokat bilan yashirin suhbat oʻtkazish maqsadida videokuzatuv kameralari boʻlmagan hojatxonada yigʻilganlar va talab qilingan pulni oʻsha yerda taqsimlashgan», - deyiladi Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi xabarida.
21-mart kuni Sudyalar kengashi qarori asosida Bishkekning Pervomay tuman sudi qarori bilan sudya Alma Qodirqulova 20-mayga qadar Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasining tergov izolyatorida hibsga olingan.
Milliy xavfsizlik davlat qoʻmitasi tomonidan Oliy sud rahbariyati bilan hamkorlikda hokimiyatning sud-huquq tizimidagi korrupsiyaga barham berish boʻyicha tegishli ishlar amalga oshirilmoqda.