So`ngi yangiliklar
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Tojikistonning Konibodomida yana to‘rt kishining jasadlari topildi. Mahalliy aholi vahimada
Tahlil qilingan davlat xaridlarida «Davlat xaridlari to‘g‘risida»gi qonunning tegishli modda talablari buzilganlik holatlari aniqlandi
Ichki audit xizmati xodimlarining faoliyati samaradorligini baholash tartibi belgilandi
Bugun havo yanada sovishi kutilmoqda
Media mahsulotlarini “ma’naviy ekspertiza”dan o‘tkazishni joriy etish to‘g‘risidagi qaror bekor qilindi
Gʻazoda 14 ming bola qurbon boʻldi
Isroilning Gʻazo sektoridagi hujumlaridan jabrlanganlarning 72 foizini ayollar va bolalar tashkil qiladi.
Isroil armiyasining Gʻazo sektoriga 7-oktyabrdan beri davom etgan zarbalari natijasida 14 ming falastinlik bola va 9220 ayol halok boʻldi. Bu haqda Gʻazo sektori hukumati bayonotida aytiladi.
Bayonotga koʻra, Isroil harbiylari 2807 ta qirgʻin sodir etgan.
Xabar qilinishicha, 7 ming kishi vayronalar ostida qolib, bedarak yoʻqolgan. Oʻlganlarning umumiy soni 31 819 kishini tashkil etdi, 73 934 kishi jarohat oldi.
Isroilning Gʻazo sektoridagi hujumlaridan jabrlanganlarning 72 foizini ayollar va bolalar tashkil qiladi.
27 bola toʻyib ovqatlanmaslik va suvsizlik tufayli vafot etdi. Isroilning insonparvarlik yordamining eksklavga kirishini bloklashi oziq-ovqat va suv tanqisligi va insonparvarlik falokatiga sabab boʻldi.
7-oktyabrdan beri Isroil armiyasi Gʻazo sektorida 70 ming tonna portlovchi moddadan foydalangan.
Isroil hujumlarida 364 tibbiyot xodimi, 48 fuqarolik mudofaasi xodimi va 135 jurnalist halok boʻldi.
Isroil hujumlari natijasida Gʻazo sektoridagi 17 ming bola ota-onasidan ayrildi.
Tibbiy yordam va dori-darmon etishmasligi tufayli 60 ming homilador ayol va 350 ming nafar surunkali kasallikka chalingan kishi xavf ostida.
Isroil askarlari 269 tibbiyot xodimi va 10 jurnalistni hibsga oldi. Gʻazoning 2-3 millionlik aholisidan 2 million kishi uyini tashlab ketishga majbur boʻldi.
70 mingta uy butunlay vayron boʻlgan, yana 290 mingtasi vayron boʻlgan va yashash uchun yaroqsiz holga kelgan.
Isroil armiyasi 168 ta davlat muassasasi, 100 ta maktab va universitetni vayron qildi, 305 ta maktab va universitetga qisman zarar yetkazildi.
Isroilning zarbalari natijasida 290 ta masjid zarar koʻrgan, 224 tasi butunlay vayron boʻlgan, 3 ta cherkov vayron boʻlgan.
Isroil armiyasi 155 ta tibbiyot muassasasini nishonga olib, 53 ta tibbiyot markazi, 32 ta kasalxona va 126 ta tez tibbiy yordam mashinasini ishdan chiqardi.
Shuningdek, Isroil Gʻazo sektoridagi 200 ta tarixiy va madaniy obidalarni vayron qilib, Falastin madaniy merosiga jiddiy zarar yetkazdi.