So`ngi yangiliklar
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
MDH davlatlari orasida eng baxtli mamlakatlar eʼlon qilindi. Oʻzbekiston nechanchi oʻrinda?
World Happiness Report 2024 MDH davlatlari orasida eng baxtli mamlakatlar reytingini maʼlum qildi.
World Happiness Report 2024 reytingida Oʻzbekiston MDH davlatlari orasida eng baxtli mamlakat deb topildi. Shuningdek, ikkinchi oʻrinni Qozogʻiston egalladi. Oksford universitetining yillik global hisobotiga koʻra, Qozogʻiston bir necha pogʻonani boy bergan va reytingda 44-oʻrindan 49-oʻringa tushib ketgan. Bu haqda OʻzA matbuot xizmati xabar berdi
Rossiya 72-oʻrinni egalladi, Ukraina esa 105-pogʻonadan joy olgan. 143 mamlakat va hududdagi odamlar oʻz hayotlarini noldan 10 gacha boʻlgan shkalada baholaganlar. 10 ball mumkin boʻlgan eng yaxshi reytingdir. Reytingni yaratish uchun oxirgi uch yildagi natijalar oʻrtacha hisoblanadi.
Finlyandiya oʻrtacha 7,7 ball bilan birinchi oʻrinda qolmoqda. Undan keyin Daniya, Islandiya va Shvetsiya turadi. Afgʻoniston va Livan mos ravishda 1,7 va 2,7 ball bilan oxirgi ikki oʻrinni egallab turibdi.
Umuman olganda, reytingga umr koʻrish davomiyligi, ijtimoiy aloqalar, shaxsiy erkinlik va korrupsiya kabi boshqa omillar taʼsir qiladi.
Amerika Qoʻshma Shtatlari birinchi marta kuchli yigirmatalikdan joy olmadi va oʻtgan yilgi 15-oʻrindan 23-oʻringa tushib ketdi. Bu 30 yoshgacha boʻlgan amerikaliklarning farovonlik hissi keskin tushib ketgani bilan bogʻliq, deyiladi hisobotda.
60 va undan katta yoshdagi odamlarning baxtiyorlik darajasi boʻyicha global reytingda Qoʻshma Shtatlar 10-oʻrinda, 30 yoshgacha boʻlganlar uchun esa 62-oʻrinda turadi.
Bugun dunyo boʻylab Xalqaro baxtkuni nishonlanmoqda.