So`ngi yangiliklar
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Rossiya Osiyoga neft yetkazishni davom ettirmoqda
Rossiya Saxalin mintaqasidagi loyihalardan “Osiyo davlatlaridan biriga” neft yetkazib berishni tikladi. Bu haqda Rossiya banki hisobotiga tayanib, “Kommersant” xabar bergan.
Regulyator materiallarida mamlakat nomi koʻrsatilmagan, faqat ikki oydan keyin yetkazib berish qayta tiklangani aytilgan. Oʻtgan yilning dekabr oyida agentlik “Saxalin-1” loyihasidan 5 million barrelga yaqin Rossiyaning “Sokol” nefti Hindistonga yoʻlda toʻxtab qolganini, ehtimol sanksiyalar tufayli toʻxtaganini yozgan edi. Ammo yetkazib berishning toʻxtatilishiga neft narxi yoki toʻlov valyutasi boʻyicha kelishmovchiliklar sabab boʻlgan boʻlishi mumkin.
“Kommersant”ning yozishicha, yanvar oyi oxirida dengizda ishlamay qolgan “Sokol” nefti bor baʼzi tankerlar Hindiston qirgʻoqlari tomon harakatlana boshlagan. Biroq, yetkazib berish muammolari tufayli Xitoy Saxalin-1 loyihasidan neft olishni boshlagan.