So`ngi yangiliklar
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
Toshkentda xususiy klinikada burun operatsiyasi vaqtida 31 yoshli erkak vafot etdi
Sirdaryo viloyati hokimiga o‘rinbosar tayinlandi
Blokadagi Gʻazo aholisi Isroil hujumlariga qaramay Ramazonni nishonlashga hozirlik koʻrmoqda
Blokada ostida qolayotgan Gʻazo sektori aholisi, 2023-yil 7-oktyabrdan beri davom etayotgan Isroil hujumlariga qaramay, bu yil 11-martda boshlanadigan musulmonlar uchun muqaddas Ramazon oyini nishonlashga hozirlik koʻrmoqda.
Markaziy eksklavdagi Dayr al-Bala shahrida istiqomat qiluvchi 44 yoshli Muhammad al-Magʻribiy Isroil qirgʻinlari, vayronagarchilik va ocharchilikka qaramay Ramazon oyida xonadonlarni bezaklaydigan turli-hil bezaklarni sotishga qaror qildi.
Magʻribiy bu bilan bolalar uchun hech boʻlmaganda bir lahzaga sehrli muhit yaratishga harakat qilganligini aytdi.
«Isroil oʻzining qatliomlari bilan Ramazon quvonchimizga zarba berdi. Hamma oʻz yaqinlarini, uylarini yoʻqotdi, bu juda achinarli. Urush davom etayotganiga qaramay, bolalarga urf-odatlar, anʼanalar va muqaddas Ramazonni qanday nishonlashni oʻrgatish kerak», - dedi falastinlik.
Magʻribiyning aytishicha, har yili Ramazon oyida gʻazoliklar oʻz uylarini, koʻchalarini va qochqinlar lagerlarini chiroqlar bilan bezashgan, ammo bu yil muborak oyga tayyorgarlik koʻrish uchun kam ish qilingan.Ayni paytda Ramazon oyi munosabati bilan birinchi marta roʻza tutadigan oʻgʻliga fonar sotib olgan 39 yoshli falastinlik Muhammad al-Susiy bu yil mavjud vaziyatdan kelib chiqib shunday dedi:
«Bosqinchilar Gʻazodagi hamma narsani vayron qilishdi. Ular ayollar, bolalar va qariyalarni oʻldirishdi. Hujumlar tufayli uxlashni, oʻynashni unutib qoʻygan farzandlarimizga quvonch keltirmoqchimiz», — dedi Muhammad.
Maʼlumot oʻrnida, 2023-yil 7-oktyabrdan beri blokadadagi Gʻazo sektorida davom etayotgan Isroil hujumlari natijasida halok boʻlgan falastinliklar soni 30 631 nafarga yetdi, yaralanganlarning umumiy soni esa 72 043 nafarga yetgan.