So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
JSST qizamiqqa qarshi shoshilinch emlanishni tavsiya qildi
Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining Yevropa mintaqaviy byurosi “koʻhna qitʼa” davlatlarini zudlik bilan qizamiqqa qarshi emlash kampaniyalarini oʻtkazishga chaqirdi.
Bu shoshilinch tavsiyalar bejiz aynan shu kunlarda oʻrtaga chiqqani yoʻq. Chunki mintaqada oʻtgan yil davomida ushbu kasallikni yuqtirish holatlari 2022-yilga nisbatan 30 barobar koʻp qayd etilgan.
Ekspertlar buni pandemiya davrida qizamiqqa qarshi vaksinatsiya qamrovi keskin pasaygani bilan izohlamoqda. Oqibatda 2023-yilning yanvar-oktyabr oylarida bu kasallikka chalingan bemorlar soni 30 ming nafardan oshdi. Vaholanki, mazkur statistika 2022-yilda atigi 941 tani tashkil etgan edi.
JSST prognoziga koʻra, soʻnggi oylarda qizamiq bilan kasallanish holatlari yana koʻpaygan va shoshilinch choralar koʻrilmasa, bu tendensiya davom etishi ehtimoli yuqori.
Hozir qizamiq rasman endemik deb eʼlon qilingan davlatlarda oʻsish dinamikasi kuzatilyapti. Xususan, Buyuk Britaniya xastalik koʻpayishi ortidan mamlakatda milliy favqulodda holat rejimini joriy etishga majbur boʻldi.
Eslatib oʻtamiz, dunyo boʻyicha 2022-yilda emlash qamrovi 2021-yilga nisbatan biroz oshgan boʻlsa-da, ammo shunda ham 33 million bola qizamiqqa qarshi emlash dozalari bilan qamrab olinmadi. 22 million nafarga yaqin oʻgʻil-qiz bunday vaksinalarning birinchi dozasini, 11 million nafari ikkinchi dozasini qabul qilishdan chetda qolgan.