So`ngi yangiliklar
Istanbul 18–21 sentyabrda Bosfor Kubogi 2025 qayiqlar poygasiga mezbonlik qiladi
Hamyurtimiz “Yuksak ehtirom” xalqaro esdalik ko‘krak nishoni bilan taqdirlandi
Farg‘ona dehqon bozoridagi narx-navo xalq uchunmi yoki…
Sentyabrdan boshlab migrantlar ilova orqali kuzatiladi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Kasb va xorijiy tillarga oʻqitish uchun vaucher berish tartibi belgilandi
Fargʻonada uy bogʻchasida 43 nafar bolaga noqonuniy diniy saboq berib kelingani aniqlandi
Oʻzbekiston va Iordaniya oʻrtasida 15 ta hujjat imzolandi
Turkiyada Interpol qidiruvida bo‘lgan 42 kishi qo‘lga olindi. Ular orasida o‘zbeklar ham bor

Turkiya huquq-tartibot idoralari «Kafes-3»1 operatsiyasi doirasida 12 davlatda Interpol asosida qidiruvda bo‘lgan jami 42 nafar shaxsni qo‘lga oldi. Bu haqda mamlakat ichki ishlar vaziri Ali Yerliqoya ijtimoiy tarmoqda ma’lum qildi.
Operatsiya Razvedka va xavfsizlik bosh boshqarmasi, Kontrabanda va uyushgan jinoyatchilikka qarshi kurash boshqarmasi hamda Turkiya Ichki ishlar vazirligining Interpol-Yevropol departamenti hamkorligida o‘tkazilgan.
Gumonlanuvchilar Germaniya, Ozarboyjon, Bosniya va Gersegovina, Eron, Shvetsiya, Finlyandiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Misr, Rossiya, Turkmaniston va O‘zbekiston so‘roviga ko‘ra qidiruvga berilgan. Qo‘lga olingan o‘zbekistonliklarning soni va ismi-sharifi xabarda keltirilmagan.
Yerliqoya qo‘lga olinganlarning uyushgan jinoiy guruhga a’zolik, noqonuniy qurol savdosi, giyohvand moddalar savdosi, qasddan odam o‘ldirish, noqonuniy migratsiya, moliyaviy firibgarlik, talonchilik va o‘g‘irlik, rasmiy hujjatlarni qalbakilashtirish va soliq to‘lashdan bo‘yin tovlash kabi jinoyatlar bilan bog‘liqligini aytdi.
Ma’lumot o‘rnida, 2024 yil boshidan buyon «Kafes-31» operatsiyasi doirasida Interpolning qizil xabarnomasi» bilan qidiruvda bo‘lgan 114 kishi qo‘lga olingan.



