So`ngi yangiliklar
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Saida Mirziyoyeva Xitoy Xalqaro kommunikatsiya markazi raisi bilan uchrashuv o‘tkazdi
Konstitutsiya — farovon hayotimiz va taraqqiyotimiz kafolati
Askiyachi Mamasiddiq Sherayev 77 yoshida vafot etdi
Kulgu qiroli deb tan olgan, soʻz ustasi Yusufjon qizik Shakarjonov nomidagi Respublika Askiya va qizikchilik sanʼati markazi asoschisi, Margʻilon shahar musiqali maqom teatrining oliy toifali drama artisti Sherayev Mamasiddiq Qamchiboyevich 77 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat vazirligi matbuot xizmati xabar bermoqda.
1999-yil Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan artist 2021-yil Doʻstlik ordeni sohibi.
1972-1975-yil - Sirdaryo musiqali teatrida 2-tofali aktyor
1975-1977-yil. - Fargʻona oʻzbek teatrida drama artisti
1979-1986-yil – “Nurxon” xalq teatrida rejissor
1986-1987-yil - Toshloq tuman Madaniyat boʻlimida badiiy rahbar
1987-1993-yil. - Fargʻona shahar “Neftchi” klubida kinooprerator
2006-2016-yil. – “Muxammasidiq askiyasi” xususiy korxona rahbari
2016-2020-yil. - Margʻilon shahar Madaniyat boʻlimida toʻgarak rahbari lavozimlarida ishlagan.
Shuningdek, 2020-yildan hozirgi vaqtgacha Margʻilon shahar musiqali maqom teatrining oliy toifali drama artisti sifatida
faoliyat yuritib kelayotgan edi.
“Madaniyat vazirligi marhumning yaqinlari, oila aʼzolari va hamkasblariga chuqur taziya izhor etadi”, - deyiladi xabarda.