So`ngi yangiliklar
“Oʻqituvchilarga imtiyozli avtokredit orqali avtomobillarni sotishga tayyormiz” – “Oʻzavtosanoat”
Aydar–Arnasoy koʻllar tizimi – kimning tizginida?
SSP raisi oʻrinbosari Nodira Shotursunova Namanganda faol va tashabbuskor ayol tadbirkorlar bilan uchrashdi
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Toshkent shahar sudlari oxirgi toʻqqiz oyda nimalar qildi?
2022-yil 19-oktyabr kuni Toshkent shahar sudi va Toshkent shahar maʼmuriy sudi tomonidan joriy yilning 9 oyida odil sudlovni amalga oshirish borasida amalga oshirilgan ishlar xususida xabar berish maqsadida brifing tashkil qilindi.
Unda Toshkent shahar sudi raisi Erkin Xoʻjaqulov, Toshkent shahar maʼmuriy sudi raisi Ulugʻbek Almamedov, Toshkent shahar sudi sudyasi Bahodir Saidmurotov, Toshkent shahar sudi raisi oʻrinbosari – jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati raisi Akbarali Toʻrabov, Toshkent shahar sudi raisi oʻrinbosari – iqtisodiy ishlari boʻyicha sudlov hayʼati raisi Maqsudbek Saidovlar ishtirok etdi.
Jinoyat ishlari boʻyicha sudlar faoliyati yuzasidan spiker — Akbarali Toʻrabov maʼlumot berdi:
Jinoyat ishlari boʻyicha Toshkent shahar sudlari tomonidan 2022-yil 9 oyi davomida 9.191 (6.159) nafar shaxsga nisbatan 7.395 (4.852) ta jinoyat ishlari koʻrib tamomlangan boʻlib, oʻtgan yilga nisbatan koʻrib tamomlangan ishlar soni 2.543 taga (52,4%), javobgarlikka tortilgan shaxslar soni esa 3.032 nafarga (49,2%) koʻpaygan.
Sudlar tomonidan 2022-yil birinchi yarmida jami 131 (110) nafar shaxsga nisbatan oqlov qarorlari chiqarilgan, 1740 (1.051) holatda tergov organi tomonidan asossiz qoʻyilgan moddalar ayblovdan chiqarilgan.
Jinoyat oqibatida yetkazilgan 264,5 mlrd. soʻmdan ortiq moddiy zararning oʻrnini qoplagan 882 nafar shaxsga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan jazolar tayinlangan, 1.306 nafar shaxs sud zalida qamoqdan ozod qilingan.
Odil sudlovni amalga oshirishda jamoatchilikning kafilligi asosida jami 90 nafar shaxslarga nisbatan ozodlikdan mahrum qilish bilan bogʻliq boʻlmagan yoki qonunda nazarda tutilganidan koʻra yengilroq jazolar tayinlangan, 158 nafar shaxsga tayinlangan jazolar yengilroq jazo bilan almashtirilgan, 1670 nafar shaxs muddatidan ilgari jazodan (qamoqdan) ozod qilingan.
Jinoyat ishlarining 3.655 tasi ijtimoiy xavfi katta boʻlmagan, 1.829 tasi uncha ogʻir boʻlmagan, 3.299 tasi ogʻir va 408 tasi oʻta ogʻir toifadagi jinoyatlarni tashkil etgan.
Fuqarolik ishlari boʻyicha sudlar faoliyati yuzasidan spiker — Bahodir Saidmurotov maʼlumot berdi:
Toshkent shahar fuqarolik ishlari boʻyicha sudlari tomonidan hisobot davrida jami 65.842 ta fuqarolik ishi tamomlangan boʻlib, ishlarning soni oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 28.837 taga yoki 56,2 foizga koʻpaygan (2021-yil 9 oyida bu koʻrsatkich 37.005 tani tashkil etgan).
Sudlar tomonidan joriy yil 9 oyi davomida koʻrilgan ishlar boʻyicha davlat foydasiga daʼvo arizalar taqdim etishda ixtiyoriy 31.4 mlrd soʻm davlat boji toʻlangan boʻlib, koʻrib tamomlangan ishlar yakuni boʻyicha sud hujjatlari asosida davlat foydasiga 84.3 mlrd soʻm davlat boji undirish belgilangan.
Toshkent shahar sudi fuqarolik ishlari boʻyicha sudlov hayʼati tomonidan 5,2 mlrd soʻm davlat boji undirish belgilangan.
Jami koʻrib tamomlangan 65.842 ta ishdan 46.729 tasi boʻyicha hal qiluv qarori chiqarilgan boʻlib, shundan 42.237 ta ish boʻyicha daʼvo talablari qanoatlantirilgan, 4.292 ta daʼvo talablari qanoatlantirishdan rad etilgan, 593 ta ish yuzasidan ish yuritish tugatilgan, 7.610 ta daʼvo arizalar koʻrmasdan qoldirilgan, hakamlik sudlarining hal qiluv qarorlariga doir 117 ta hamda material shaklida 10.793 ta arizalar hal qilingan.
Iqtisodiy sudlar faoliyati yuzasidan spiker — Maqsudbek Saidov maʼlumot berdi:
Hisobot davrida jami 51 954 ta (2021-yilda 42 121 ta) daʼvo ariza va ariza kelib tushgan. Oʻtgan yildan 2022-yilga qoldiq boʻlib oʻtgan ishlar soni 3 282 tani tashkil etadi. Shundan 46 227 tasi ish yuritishga qabul qilinib, hisobot davrining oxiriga qadar 45 006 tasi (2021-yilda 31 888 ta) koʻrib chiqilgan. Koʻrib chiqilgan ishlarning 39 541 tasi boʻyicha daʼvo talbi qanoatlantirilgan, 3 133 tasi boʻyicha daʼvo talabini qanoatlantirish rad etilgan, 897 tasi boʻyicha ish yuritish tugatilgan, 1 435 ta daʼvo arizasi (ariza) koʻrmasdan qoldirilgan.
Koʻrilgan ishlar soni oʻtgan yilga nisbatan 13 118 taga yoki 41,1 foizga koʻpaygan.
Sud majlislarining tarbiyaviy va profilaktik ahamiyatini oshirish, tomonlarga sud protsessida qatnashib, huquq va manfaatlarini himoya qilishlari uchun qulaylik yaratish maqsadida, koʻrilgan 45 006 ta ishlarning 18 185 tasi yoki 40,4 foizi sayyor sud majlislarida hal etilgan.
Hal etilgan ishlar boʻyicha daʼvogar (arizachi)lar foydasiga 5 216,6 mlrd.soʻm hamda respublika byudjetiga 160,4 mlrd. soʻm davlat boji undirish toʻgʻrisida sud hujjatlari qabul qilingan.
Taraflar tomonidan ishni sudda koʻrish uchun ixtiyoriy toʻlangan davlat boji summasi 36,6 mlrd. soʻmni tashkil etgan.
Sudlar tomonidan hisobot davrida fuqarolik huquqiy munosabatlardan kelib chiqqan 21 485 ta, maʼmuriy huquqiy munosabatlardan kelib chiqqan 22 683 ta, yuridik ahamiyatga ega boʻlgan faktlarni aniqlashga doir koʻrilgan ishlar 17 ta, tashkilotlar va fuqarolarni bankrotligiga oid munosabatlardan kelib chiqadigan ishlar 745 ta, korporativ huquqiy munosabatlar boʻyicha esa 76 ta iqtisodiy ishlar koʻrib hal etilgan.
Toshkent shahar va tumanlararo maʼmuriy sudlari faoliyati yuzasidan axborot spiker — Ulugʻbek Almamedov maʼlumot berdi:
Toshkent shahar va tumanlararo maʼmuriy sudlarga 2022-yil 9 oyida Toshkent shahar maʼmuriy sudlarining birinchi instansiyasida ommaviy-huquqiy munosabatlardan kelib chiqadigan jami 3815 ariza(shikoyat)lar kelib tushgan boʻlib, shundan 150 tasi ariza (shikoyat) qabul qilish rad etilgan (oʻtgan yili bu koʻrsatkich 416 tani tashkil etgan), 147 ta (oʻtgan yil 793 ta) ariza va shikoyatlar qaytarilgan hamda 3318 ta ish mazmunan koʻrib tamomlangan. Shundan 1985 tasi ommaviy nizolar boʻlsa, 1333 ta material hisoblanadi. Ishlarning koʻrilish koʻrsatkichi oʻtgan yilga nisbatan 25,6% ga oʻsgan.
Taʼkidlash joizki, Toshkent shahar maʼmuriy sudlari tomonidan ariza (shikoyat)larni qabul qilishni rad qilish holati sal kam 3 baravarga, qaytarish holati esa besh yarim baravarga kamaygan.
Ommaviy nizo boʻyicha 1043 tasi yoki 52,5 foizi qanoatlantirilgan, 634 tasi yoki 31,9 foizi rad qilingan, 237 (11,9%) tasi ish yuritishdan tugatilgan, 71 tasi yoki 3,6 foizi koʻrmasdan qoldirilgan. Ommaviy nizolarning koʻrilishi oʻtgan yilga nisbatan 28,8 foizga oʻsgan.
Shuningdek, birinchi instansiyada ishlarni koʻrish yakunlari boʻyicha jami 223 ta qonun hujjatlari buzilishi yuzasidan taʼsir choralar sifatida xususiy ajrimlar chiqarilgan boʻlib, shuning 175 tasi yoki 78,5 foizining ijrosi yuzasidan javob xatlari olingan. Shundan 25 ta holat boʻyicha mansabdor shaxslarga qonunchilikda yoʻl qoʻygan kamchiliklari uchun tashkilot rahbarlari tomonidan intizomiy jazo choralari qoʻllanilgan.
Birinchi instansiyada koʻrib tamomlangan 1333 ta materialning 1282 tasi qanoatlantirilgan 51 tasi rad qilingan boʻlib, oʻtgan yilga nisbatan 21,1 foizga oʻsgan.
2022-yilning 9 oyi davomida quyidagi maʼmuriy organlar mansabdor shaxslarining xatti-harakatlarini gʻayriqonuniy deb topish, bilan bogʻliq ishlar nisbatan koʻproq koʻrilgan:
Byudjetdan tashqari pensiya jamgʻarmasi mansabdor shaxslarining xatti-harakatlarini gʻayriqonuniy deb topish, ularning qarorlarini haqiqiy emas deb topish yuzasidan 433 ta ish koʻrilgan. Shundan, 403 tasi qanoatlantirilgan, 14 tasi rad qilingan, 3 tasi koʻrmasdan qoldirilgan, 13 tasi ish yuritishdan tugatilgan;
Davlat soliq organlari mansabdor shaxslarining xatti-harakatlarini gʻayriqonuniy deb topish, ularning qarorlarini haqiqiy emas deb topish yuzasidan 510 ta (oʻtgan yili 353 ish) koʻrilgan. Oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 31 foizga oʻsgan. Shundan, 348 tasi (oʻtgan yili 209 tasi) qanoatlantirilgan, 81 tasi rad qilingan, 70 tasi ish yuritishdan tugatilgan, 11 tasi koʻrmasdan qoldirilgan, Ishlarni koʻrish natijalari boʻyicha chiqarilgan sad taʼsir choralarining asosiy qismi, yaʼni 102 tasi yoki 45,7 foizi soliq idoralari mansabdor shaxslarida aniqlangan qonun buzilish holatlariga nisbatan chiqarilgan ;
Hokimiyat mansabdor shaxslarining xatti-harakatlarini gʻayriqonuniy deb topish va hokim qarorlarini haqiqiy emas deb topish yuzasidan 301 ta ish koʻrilgan. Shundan, 77 tasi qanoatlantirilgan, 176 tasi rad qilingan, 15 tasi koʻrmasdan qoldirilgan, 33 tasi ish yuritishdan tugatilgan (mahalliy hokimliklar bilan bogʻliq ishlar oʻtgan yilning mos davriga nisbatan 13,5 foizga kamaygan hamda rad qilingan ishlar soni ham koʻrilgan ishlarning 58,5 foizini tashkil etishini hisobga oladigan boʻlsak, mazkur organlarda ish ancha yaxshi tashkil qilinayotganligidan darak beradi);
Majburiy ijro byurosi markaziy va hududiy idoralari mansabdor shaxslarining xatti-harakatlarini gʻayriqonuniy deb topish, ular tomonidan chiqarilgan qarorlarni haqiqiy emas deb topish bilan bogʻliq 223 ta (oʻtgan yili 149 ta ish) koʻrilgan boʻlib, shundan
43 tasi qanoatlantirilgan, 116 tasi rad etilgan, 43 tasi ish yuritishdan tugatilgan, 21 tasi esa koʻrmasdan qoldirilgan (oʻtgan yilga nisbatan 49,7 foizga oshgan);
Adliya organlari (intellektual mulk agentligi, notarius, FHDYO, davlat xizmatlari agentligi va b.) mansabdor shaxslarining xatti-harakatlarini gʻayriqonuniy deb topish, ularning qarorlarini haqiqiy emas deb topish yuzasidan 80 ta (2021-yilda 65 ta) ish koʻrilgan. Shundan, 33 tasi qanoatlantirilgan, 34 tasi rad qilingan, 10 ta ish yuritishdan tugatilgan, 3 tasi koʻrmasdan qoldirilgan.
“Fuqarolar yigʻinlari raislari (oqsoqollari) sayloviga oid ishlarni koʻrish boʻyicha” MFY sayloviga oid Toshkent shahar maʼmuriy sudlarining birinchi instansiyasi tomonidan jami 7 ta ish koʻrilgan boʻlib, shundan 4 ta ish boʻyicha arz qilingan talab rad qilingan, 2 ta ish boʻyicha ariza talabi qanoatlantirilgan, 1 ta holatda ariza ish yuritishdan tugatilgan;
Bundan tashqari, Din ishlari qoʻmitasi va Oʻzbekiston Musulmonlari idorasiga nisbatan masjidni roʻyxatdan oʻtkazmaslik boʻyicha harakatlari bilan bogʻliq;
Mudofaa vazirligining uy-joy komissiyasiga nisbatan uy-joylarni xususiylashtirish bilan bogʻliq, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oliy attestatsiya komissiyasiga nisbatan oliy taʼlim muassasalariga oʻqishga kirish masalasidagi; Shahar, tuman migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimlariga nisbatan doimiy roʻyxat (propiska)ga qoʻyish va undan chiqarish bilan bogʻliq nizolar ham Toshkent shahar maʼmuriy sudlarida koʻrib kelinmoqda.
Shu bilan birgalikda muayyan yashash joyiga ega boʻlmagan shaxsni reabilitatsiya markaziga joylashtirish (muddatini uzaytirish, ozod qilish) bilan bogʻliq jami 1318 ta iltimosnoma koʻrilgan boʻlib, shundan 1271 ta iltimosnoma qanoatlantirilgan, 47 ta iltimosnoma rad etilgan.
Toshkent shahar maʼmuriy sudi sudyalari tomonidan 2022-yilning 9 oyi mobaynida 542 ta ish apellyatsiya instansiyasida koʻrib tamomlangan. Shundan birinchi instansiya qarorining 422 tasi oʻzgarishsiz qoldirilgan, 7 tasi oʻzgartirilgan, 85 tasi bekor qilingan, 28 ta ish yuritishdan tugatilgan.
Apellyatsiya instansiyasida bekor qilingan ishlar oʻtgan yilga nisbatan 33,59 foizga kamaygan. Buni sud qarorlarining yildan-yilga barqarorlashayotganing bir dalili deyishimiz mumkin.
Apellyatsiyada koʻrilgan ishlar boʻyicha jami 71 ta ish yakuni yuzasidan qonun hujjatlari buzilish holatlari aniqlanib, sudlov hayʼatlari tomonidan xususiy ajrimlar chiqarish yoʻli bilan munosabat bildirilgan. Ularning 51 tasining ijrosi taʼminlangan. Qolganlari boʻyicha tashkilotlarga tegishli eslatma xatlari yuborilmoqda. 3 tasi esa ijro muddati buzilmagan xususiy ajrimlar hisoblanadi.