So`ngi yangiliklar
Umra xizmatlari bo‘yicha noqonuniy reklama tarqatgan turoperatorlar jazolandi
Notariuslikka talabgorlar uchun o‘quv kurslarini tashkil etish tartibi tasdiqlandi
Navoiyda qishloq xo‘jaligi xodimlari taqdirlandi
Ayrim hududlarda davlat organlarida kadrlar rotatsiyasi tizimi joriy etiladi
Andijon viloyati hokimiga yangi o‘rinbosarlar tayinlandi
Humans ilovasida yuz bergan ruxsatsiz pul yechish holatlari bo‘yicha Markaziy bank rasmiy bayonot berdi
Fuqarolar va tadbirkorlar uchun ijtimoiy nafaqa va sug‘urta tizimi yangi bosqichga ko‘tarildi
“Tamakini emas, hayotni tanlang!” – "Toshkent-AERO" ixtisoslashtirilgan bojxona kompleksi
“Agentlik bilimni baholash va saralashda «elak” vazifasini oʻtashi kerak" — Ibrohim Abdurahmonov
Vazir Davlat imtihoni javoblarini tezkor, yaʼni abituriyent savollarga javob berishni yakunlashi bilanoq chiqarib berish boʻyicha hozirdanoq ishlarni boshlash kerakligi taʼkidladi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vaziri Ibrohim Abdurahmonov Bilim va koʻnikmalarni baholash agentligida boʻlib, tashkilot faoliyati bilan yaqindan tanishdi va masʼullar ishtirokida yigʻilish oʻtkazdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar bermoqda.


Ibrohim Abdurahmonov agentlik rahbariyati bilan uchrashib, asosiy vazifalardan biri sifatida jamoatchilikni rozi qilish, ular bilan yaqindan muloqot oʻrnatish, xususan, elektron muloqot platformasini yoʻlga qoʻyish hamda soʻrovnomalar tashkil etish orqali sohadagi mavjud muammolarni sinchiklab oʻrganish, chuqur tahlil qilish, shular asosida ularni bataraf etish choralarini koʻrish kerakligini taʼkidlagan.
Shu bilan bir qatorda, sohaga Singapur tajribasini joriy etish, mavjud imkonityatlardan unumli foydalanish, test sinovlarini yilida 4-marta oʻtkazish, buning uchun hududlardagi binolarning qurilishini jadallashtirish masalalariga ham toʻxtalib oʻtildi.

Davlat imtihoni javoblarini tezkor, yaʼni abituriyent savollarga javob berishni yakunlashi bilanoq chiqarib berish boʻyicha hozirdanoq ishlarni boshlash kerakligi taʼkidlanib, masʼullarga zarur koʻrsatmalar berildi.

“Hozir taʼlim sifatini koʻtarishda biz eng avvalo, salohiyatli, malakali, kreativ fikrlaydigan professor-oʻqituvchilarni saralab olishimiz kerak. Chunki ular talabalarimizning sifatini taʼminlaydi.
Bundan tashqari, diplomning obroʻsini koʻtarishimiz lozim, zero oliy taʼlim muassasasini bitirgan talaba ertaga ish topolmasdan sarson boʻlmasin, diplomi bekor yotmasin”, – dedi vazir.

Vazir agentlik faoliyati tizimli tashkil etilgani va raqamlashtirish borasida ham samarali ishlar qilinganini eʼtirof etib, agentlik bilimni baholash hamda saralashda goʻyoki “elak” vazifasini bajarishi kerakligini aytdi va agentlik faoliyatini yanada rivojlantirish boʻyicha bir qator topshiriq va takliflar berdi.
Izohlar 0
Fikr bildirish
Video reportajlar
Mavzuga doir