Qidirish

14:56 / 2023-01-11 191 0 Jamiyat

“Mingdan ortiq oʻzboshimchalik” – Sirdaryoda yer bilan bogʻliq qonun buzilish xolatlari haqida maʼlumot berildi

Kadastr agentligi Sirdaryo boshqarmasi boshligʻi Olimjon Maxarov viloyatda oʻtgan 2022-yil davomida yer bilan bogʻliq qonun buzilish xolatlar boʻyicha qanday ishlar amalga oshirilgani haqida maʼlumot berdi.

world-news

“Kadastr agentligi Sirdaryo viloyati boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan yer va kadastr nazorati tadbirlari natijasida 2022-yil davomida 1 011 ta holatda 264,43 gektar yer maydoni oʻzboshimchalik bilan egallab olingani aniqlandi. Yer bilan bogʻliq qonun buzilish holatlarini sodir etgan shaxslarga qonunchilikda belgilangan muddatlarda 866 nafar huquqbuzarlar tomonidan 259.92 gektar yer maydonlari ixtiyoriy ravishda davlat zahirasiga qaytarildi. Qolgan, 78 ta holatda 1,60 gektar yer maydoni fuqarolik boʻyicha sud tomonidan majburiy tartibda bartaraf etilib jami 944 ta holatda 261,5 gektar yer maydonlari oʻz holatiga qaytarildi”.

Modomiki, bunday qonun buzilish holatlari hamon kuzatilayotgan ekan, boshqarmada ularning oldini olish choralari boʻyicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda?

«Yer va undan foydalanish tartiblari qonun bilan toʻliq tartibga solingan. Biroq, nazorat tadbirlari davomida joylarda yer bilan bogʻliq qonun buzilish holatlari hali-hamon uchrab turibdi.

Buning oldini olish uchun boshqarmamiz tomonidan doimiy nazorat ishlari olib borilmoqda. Shuning bilan bir qatorda hafta yakunida sohada olib borilayotgan ishlar tahlil etilib, galdagi vazifalar belgilanmoqda. Mavzu doirasida sohamizda faoliyat olib borayotgan xududiy tuman, shahar boʻlimlari inspektorlariga oʻquv seminarlari tashkil etilib ularning malakasi oshirilmoqda. Sohaga yangi yoʻnalishlarning joriy etilishi esa ishimizni yanada jadallashtirishga imkon bermoqda».

Jumladan, Maʼmuriy amaliyot yoʻnalishi orqali 2022-yil mobaynida yer bilan bogʻliq qonun buzilish holatlariga yoʻl qoʻygan 3 ming 491 nafar fuqaroga nisbatan maʼmuriy huquqbuzarlik holati aniqlanib, ularning 2 ming 665 nafariga 4 mlrd. 954 mln soʻm miqdordagi jarima chorasi qoʻllanilgan.

Shuningdek, yuqoridagi qaror ijrosini taʼminlash maqsadida xalqaro standartlarga javob beradigan maxsus “E-yer nazorat” (ID) dasturi amaliyotga kiritildi. Uning asosiy maqsadi yerga aloqador qonun buzilish holatlarini sodir etgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirishdan iborat. Bunda tegishli yer maydoni, joylashgan manzili, qachon va qaysi qonun buzilgani, koʻrilgan choralar xususida sud, prokuratura, IIB, MIB va boshqa hamkor tashkilotlar bilan maʼlumotlar almashish imkoniyati yaratilib, hozirda ushbu dasturdan keng foydalanilyapti.

«Bu boradagi muammolarni bartaraf etishda qonuniy targʻibot va tushuntirish ishlarining samarasi juda katta. Shu bois aholiga yerdan foydalanish tartiblari yuzasidan murojaatlar, ogohlantirishlar berish bilan bir qatorda joylarda mahalla raislari va masʼul xodimlar bilan tushuntirish ishlarini ham olib boryapmiz.

Buning uchun OAV hamda ijtimoiy tarmoqlarda koʻplab chiqishlar qilgan boʻlsak, hududlarda fuqarolar bilan uchrashuvlar tashkil etib, mavjud muammolar xususida yuzma-yuz muloqotlar olib boryapmiz. Yer bilan bogʻliq muammolar va qonun buzilish holatlarini oldini olishda, avvalo, fuqarolarimizning huquqiy bilimini shakllantirish bizning asosiy maqsadlarimizdan biriga aylangan», deydi Maxarov.

Izohlar 0

Fikr bildirish