So`ngi yangiliklar
“Oʻqituvchilarga imtiyozli avtokredit orqali avtomobillarni sotishga tayyormiz” – “Oʻzavtosanoat”
Aydar–Arnasoy koʻllar tizimi – kimning tizginida?
SSP raisi oʻrinbosari Nodira Shotursunova Namanganda faol va tashabbuskor ayol tadbirkorlar bilan uchrashdi
Storitelling va mutolaaning inson rivojidagi oʻrni...
Parlamentda Nukus voqealari bo‘yicha tuzilgan komissiya axboroti tinglandi
Navoiyga Mongoliyadan 1000 boshga yaqin Bayat zotiga mansub qo‘ylar olib kelindi
Faollar aytayotgan “iqtidor” egasi oddiy “Virtual valyutachi” boʻlgan...
Rustam Minnixanov boshchiligidagi Tatariston delegatsiyasi Navoiy viloyatiga tashrif buyurdi
Andijonda 1000 dan ortiq noqonuniy qurilishlar aniqlanishi ortidan 9 mlrdan ziyod jarimalar qoʻllanildi
Andijon viloyatida kadastr idoralari tomonidan 1028 ta holatda noqonuniy qurilishlar aniqlandi hamda 9 mlrddan ziyod jarimalar qoʻllanilgan. Bu haqda EFFECT.UZʻga kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi boshligʻi Fayoziddin Berdiqulov xabar berdi.
Taʼkidlanishicha, viloyatda yer maydonlarini asrab avylash yerlardan maqsadli va samarali foydalanish, yer maydonlarini oʻzboshimchalik bilan egallab olmaslik boʻyicha Kadastr agentligi Andijon viloyati boshqarmasi inspektorlari tomonidan doimiy nazorat tadbirlari olib borilyapti.
Jumladan, oʻtgan 2022-yil davomida viloyatda 1028 ta holatda 153,7 ga yer maydonlarini oʻzboshimchalik bilan egallab olish holatlari aniqlandi. Yerqonunbuzilish holatlari yer turlari boʻyicha tahlil etilganida qishloq xoʻjaligiga moʻljallangan yerlarda 551 ta holatda 135,6 gektar, aholi punktlari yerlarida 383 ta holatda 12,5 gektar, sanoat, transport, aloqa mudofaa va boshqa yerlarida 23 ta holatda 0,9 gektar, tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar 8 ta holatda 0,3 gektar, oʻrmon fondi yerlarida 1 ta holatda 0,4 gektar, suv fondi yerlarida 31 ta holatda 1,8 gektar va zaxira yerlarda 32 ta holatda 2,1 gektarni tashkil etdi.
Aniqlangan yerqonunbuzilish holatlarini bartaraf etish va ularga nisbatan choralar koʻrish maqsadida barcha 1028 ta yerqonunbuzilishini sodir etgan shaxslarga qonun buzilish holatlarini bartaraf etish (qurilgan noqonuniy qurilmalarni oʻz hisobidan buzib olishi toʻgʻrisida) ogohlantirish xatlari va bajarilishi yuzasidan yozma koʻrsatmalar yuborildi.
Natijada 608 ta yoki 59,2 foiz (60,6 gektar) yer egalari tomonidan noqonuniy qurilmalar oʻz ixtiyori bilan bartaraf etilgan. Noqonuniy ravishda qurilgan qurilmalarni buzdirish maqsadida Fuqarolik ishlari boʻyicha Sudlarga 420 ta yoki 40,9 foiz (93,1 gektar)ga yerqonunbuzulishiga majburiy tartibda buzdirish yuzasidan daʼvo arizalar kiritilgan.
173 ta yoki 16,8 foiz (66,43 gektar) holatda aniqlangan yerqonunbuzilish holatlarida jinoyat alomatlari mavjud boʻlganligi sababli huquqiy baho berish uchun Qoʻshma tartib asosida hujjatlar hududiy prokuratura organlariga taqdim etilgan.
420 ta yerqonunbuzilish holatlari boʻyicha Sudlarga davo arizalar kiritilgan boʻlib shundan, 216 tasi sud organlari tomonidan qanoatlantirilgan.
“Maʼmuriy amaliyot” yoʻnalishida:
Davlat yer, kadastr va geodeziya nazorati sohasidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun 2022-yil davomida 4 574 nafar fuqarolarga maʼmuriy huquqbuzarlik toʻgʻrisida bayonnomalar rasmiylashtirilgan.
Aniqlangan huquqbuzarliklarining 3 610 nafariga 9 mlrd. 472 mln. 110 ming soʻm miqdorida jarimalar qoʻllanilgan. Yil yakuniga koʻra, qoʻllanilgan jarimalarning 5 mlrd. 14 mln. 474 ming soʻm yoki 73,2 foiz miqdori undirilishi taʼminlangan.
773 nafar huquqbuzarlarga qoʻllanilgan 2 mlrd. 123 mln. soʻm miqdoridagi muddati oʻtgan jarimalarni majburiy tartibda undirish boʻyicha MIBning xududiy boʻlimlariga yuborilgan. Natijada 229 ta yoki 30,0 foiz holatda 523 mln. 307 ming soʻmdan ziyod jarimalar undirilishi taʼminlangan.