So`ngi yangiliklar
O‘zbekistonda 860dan ortiq ayol ishtirokida zo‘ravonlikka qarshi tadqiqot natijalari e’lon qilindi
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
Turkiyada ISHID jangarilari qoʻlga olindi. Ulardan biri Oʻzbekiston fuqarosi
Qoʻlga olingan Oʻzbekiston fuqarosi portlovchi moddalar boʻyicha ekspert boʻlib, unga nisbatan deportatsiya jarayoni boshlangan.
Turkiya politsiyasi yangi yil arafasida Istanbulda terakt uyushtirishni rejalashtirgan ISHID terrorchilik guruhi aʼzolarini qoʻlga oldi. Bu haqda RIA Novosti xabar bermoqda
Maʼlum boʻlishicha, terrorchi guruh aʼzolari Afgʻonistondagi ISHID terrorchilik guruhidan koʻrsatmalar olgan va portlovchi moddalar yordamida terakt uyushtirishni rejalashtirgan.
Terakt uyushitirishda gumonlanayotganlar Oʻzbekiston va Tojikiston fuqarolari hisoblandi.
“Ular 31-dekabr kuni Yangi yil kirib kelishidan bir necha soat oldin Istanbulning Basakshehir tumanida ularni kuzatib kelayotgan politsiyadan qochishga uringan. Biroq politsiya ularga qarata mashina gʻildiraklari orasidan oʻq uzishga muvaffaq boʻlgan”, — deyiladi xabarda.
Qoʻlga olingan Oʻzbekiston fuqarosi portlovchi moddalar boʻyicha ekspert boʻlib, unga nisbatan deportatsiya jarayoni boshlangan.
Maʼlumot oʻrnida, ISHID ekstremistik guruhi jahonning bir qator mamlakatlari va xalqaro tashkilotlar tomonidan terrorchilik tashkiloti deb tan olingan.