So`ngi yangiliklar
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
Ukrainadagi urushdan 3 nafar oʻzbek qochib ketdi. Ularga qidiruv eʼlon qilingan
Rossiya Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati olti nafar qurolli qochqin haqidagi xabarlarga izoh bermadi, Vagner PMC rahbari Yevgeniy Prigojin esa jurnalistlarning savollariga javob bermadi.
Ukrainaning Lugansk viloyatidagi Vagner PMC poligonidan olti nafar mahbus qochib ketdi. Ular orasida Oʻzbekistonning uch nafar fuqarosi, bir qirgʻizistonlik, bir nafar rossiyalik va bir nafar Belarus fuqarosi bor. Bu haqda “Azattыk” radiosi Donday nashriga tayanib xabar bermoqda.
Qochoqlar 2022-yilning 21-22-dekabr kunlari Ukrainaning Lugansk viloyatining Sorokinskiy (Krasnodonskiy) tumanidagi oʻquv-mashgʻulot yigʻini hududidan qochib ketishgan. Rossiya Ichki ishlar vazirligi bedarak yoʻqolganlarga qidiruv eʼlon qildi.
Politsiya rostovliklardan hushyor boʻlishni va harbiy kiyimdagi odamlarga eʼtibor berishni soʻragan. Rossiya Ichki ishlar vazirligi matbuot xizmati olti nafar qurolli qochqin haqidagi xabarlarga izoh bermadi, Vagner PMC rahbari Yevgeniy Prigojin esa jurnalistlarning savollariga javob bermadi, deya xabar bermoqda Azattыk.
Shaxsiy tarkibdagi katta yoʻqotishlar tufayli Rossiya tomoni jazoni ijro etish tizimi muassasalarida ham, umuman olganda urushda qatnashish uchun xorijliklarni jalb qilishga harakat qilmoqda.
Bosh prokuratura xorijdagi vatandoshlarni chet davlatlar harbiylashgan tuzilmalariga yollanishi javobgarlikka sabab boʻlishidan ogohlantirgan edi.
Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 154-moddasi birinchi qismiga koʻra yollanish, yaʼni nizolashayotgan davlatning fuqarosi yoki harbiy xizmatchisi hisoblanmagan yoxud nazorat qilinib turgan nizolashayotgan davlat hududida doimiy yashamaydigan yoki hech qanday davlat tomonidan qurolli kuchlar tarkibida rasmiy topshiriqni bajarish vakolati berilmagan shaxsning moddiy manfaatdorlik yoki boshqa biron shaxsiy manfaatni koʻzlab, oʻzga davlat hududida yoki uning tarafini olib qurolli toʻqnashuvda yoxud harbiy harakatlarda qatnashish uchun yollanishi besh yildan oʻn yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanadi.
Shuningdek, Jinoyat kodeksining 154−1-moddasiga koʻra, Oʻzbekiston fuqarosining chet davlatlarning harbiy xizmatiga, xavfsizlik, politsiya, harbiy adliya organlari yoki shunga oʻxshash boshqa organlariga xizmatga kirishi 3 yilgacha axloq tuzatish ishlari bilan, yollanishi esa 5 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish bilan jazolanishiga sabab boʻladi.