So`ngi yangiliklar
1 kilogramm palov tayyorlash qanchaga tushadi?
Xivada xususiy bogʻcha rahbari tomonidan bola jarohatlandi
Surxondaryoda hujra tashkil qilib, bolalarni qiynoqqa solib kelgan yigit qoʻlga olindi
Turkiyaning Sardis va Bintepe Lidiya tepaligi YUNESKO Jahon merosi roʻyxatiga kiritildi
Botir Zokirov stipendiyasi taʼsis etiladi
Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan “margimush qabristoni” toʻgʻrisidagi xabarlar rostmi?
Tarix va tabiat uygʻunlashgan shahar: Egey mintaqasining sirli xazinasi Didim haqida
Qoraqalpogʻistonda bir oilaning 3 nafar aʼzosi koʻlda choʻkib ketdi
Turkiyaning Sardis va Bintepe Lidiya tepaligi YUNESKO Jahon merosi roʻyxatiga kiritildi
Turkiya oʻz madaniy merosini himoya qilish va barqarorligini taʼminlash uchun milliy tashabbuslarni va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishni davom ettirmoqda.

2025-yil 6-16-iyul kunlari Fransiya poytaxti Parij shahrida boʻlib oʻtgan Butunjahon merosi qoʻmitasining 47-sessiyasida 2013-yildan beri YUNESKOning vaqtinchalik roʻyxatida boʻlgan Sardis va Bintepe Lidiya tepaliklari rasman YUNESKOning Jahon merosi roʻyxatiga kiritildi. Manisa viloyati gʻarbidagi ushbu obyektning roʻyxatga qoʻshilishi bilan Turkiyadagi YUNESKOning Jahon merosi roʻyxatidagi obyektlar soni 22 taga yetdi.
Bir paytlar Lidiya poytaxti boʻlgan Sardis qudratli temir davri sivilizatsiyasi boʻlib, nafaqat boyligi va dastlabki tangalar ishlab chiqarishi bilan mashhur boʻlgan, balki Onadoʻlining boy oʻtmishidan dalolat beradi. Qirollik nekropoli boʻlgan yaqin atrofdagi Bintepeda dunyodagi eng katta tumullar (qabr yoki qabrlar ustiga koʻtarilgan tuproq va toshlardan iborat tepalik) joylashgan. Mazkur hudud Onadoʻlidagi Lidya sivilizatsiyasining betakror mahalliy madaniyatini aks ettiruvchi nodir arxeologik va meʼmoriy dalillar tufayli YUNESKO mezoniga muvofiq tan olingan. Ushbu eʼtirof bilan Turkiya YUNESKOning Jahon merosi roʻyxatidagi oʻz oʻrnini yanada mustahkamlaydi va boy tarixiy qadriyatlarini umuminsoniy meros doirasida dunyo miqyosida tan olinishiga xizmat qilmoqda.
Lidiya poytaxtining shonli merosi
Tarixi miloddan avvalgi V asrga borib taqaladigan Sardis miloddan avvalgi VI asrda Lidiya qirolligining poytaxti sifatida tarixda nom qozongan. Lidiyaliklar — oʻziga xos til va diniy tizimni rivojlantirgan, oltin va kumush tangalarni birinchi boʻlib muomalaga kiritish orqali pul tizimi evolyutsiyasida katta oʻzgarish boshlagan Onadoʻli xalqi edi. Bir paytlar Paktol daryosi nomi bilan mashhur boʻlgan Sart soyi Sardis va uning atrofini shoh Krezning ulkan boylik manbai boʻlgan oltin konlari bilan boyitgan.
YUNESKO maʼlumotlariga koʻra, “Sardis mustahkam qalʼalari, ayvonlari va alohida zonalari, jumladan, aholi punktlari, ziyoratgoh va qabristonlarga ega boʻlgan noyob shahar tuzilishiga ega edi”. Sardis shahri oʻzining meʼmoriy tuzilishi va madaniy merosi bilan ajralib turar ekan, Bintepe hududidagi Lidya tumullari 7 500 gektardan ortiq maydonga yoyilgan 119 dan ortiq qabrtosh tepalari bilan dunyoning eng yirik qadimiy nekropollaridan biri sifatida eʼtirof etiladi.
Miloddan avvalgi VI asrda Lidiya qirolligi qulaganidan keyin Sardis Fors, Yunon, Rim va Sharqiy Rim hukmronligi ostida oʻz ahamiyatini saqlab qoldi. Bugungi kunda bu yerda juda yaxshi saqlanib qolgan Rim inshootlari, jumladan, hammom-gimnaziya majmuasi, akropol va Artemida ibodatxonasi mavjud. Qadimiy Sardis shahri diniy ahamiyati bilan ham ajralib turadi. Unda qadimgi dunyoning mashhur eng katta sinagogi va Gʻarbiy Onadoʻlidagi Yetti Vahiy cherkovidan biri joylashgan. Xristianlar uchun Turkiyadagi eng muhim diniy maskanlardan biri boʻlgan bu cherkovlar nafaqat ilk nasroniylikning tarqalishidagi roli, balki Vahiy kitobiga koʻra, Avliyo Ioanndan ularni ruhiy yangilanishga chaqiruvchi maktublar olgani uchun ham muqaddasdir. Sardis cherkoviga yozilgan maktubda esa jamoa ruhan oʻlik boʻlsa-da, “tirikdek” koʻringani tanqid qilingan.
Sardis qazish ishlari boshqarmasi rahbarligida qadimiy Sardis shahri va Bintepedagi Lidiya tepaligida arxeologik qazishmalar davom etmoqda. Bu ishlar Turkiyaning boy madaniy merosini muhofaza qilish va barqaror boshqarishga ustuvor ahamiyat beradigan kengroq arxeologik qarashlarning bir qismidir. Joriy yozda davom etayotgan “Tungi muzey” loyihasi bilan Turkiya boʻylab 27 ta joy, jumladan Sardis ham tungacha ochiq boʻladi va tashrif buyuruvchilarni yulduzlar ostida mamlakatning boy madaniy merosini oʻrganishga taklif qiladi.



