Qidirish

18:47 / 2025-07-04 133 0 Dunyo

Turkiya tibbiyot turizmidan 643 million dollar daromad oldi

Turkiyaning tibbiyot turizmidagi daromadi 2025-yilning birinchi choragida 6,9 foizga ortib, 643 million 356 ming dollarga yetdi.

world-news

Xalqaro sogʻliqni saqlash xizmatlari korporatsiyasi (USHAŞ) maʼlumotlariga koʻra, 2024-yilda 1 million 506 ming 442 kishi tibbiy xizmatdan foydalanish uchun Turkiyaga kelgan vaundan tushgan daromad 3 milliard 22 million 957 ming dollarni tashkil etdi.

Turkiyada 2025-yilning birinchi choragida jami turizm daromadlari ichida tibbiyot turizmining ulushi ortdi. Yanvar-mart oylariorasida jami 354 ming 457 kishi sogʻliqni saqlash xizmatlaridan foydalanish uchun Turkiyaga tashrif buyurgan va daromad esa 643 million 356 ming dollarga yetgan.

Tibbiyot turizmi hozirda dunyo boʻylab jami 100 milliard dollar atrofida daromad koʻrmoqdava bu koʻrsatkich 2028-yilga kelib 127 milliard dollarga yetishi kutilmoqda. Turkiya esa 2028-yilda tibbiy turizm daromadini 20 milliard dollarga yetkazishni maqsad qilgan.

“Turkiya soʻnggi paytlarda tibbiyot turizmidagi mehnatlarining samarasini koʻrmoqda”

“Turkiya oxirgi paytlarda tibbiyot turizmidagi mehnatlarining samarasini koʻrmoqda. Turizm daromadlari joriy yilning birinchi choragida taxminan 5,6 foizga oshgan boʻlsa, daromadlar ichida tibbiyot turizmi daromadi 6,9 foizga oshdi. Bular biz uchun yetarli emas, chunki bizning oldimizga qoʻygan ulkan maqsadlarimiz bor va bu sari qatʼiy qadamlar tashlamoqdamiz”, deydi Xalqaro sogʻliqni saqlash xizmatlari korporatsiyasi (USHAŞ) bosh direktori Behlul Unver tibbiyot turizmi maʼlumotlarining quvonarli darajaga yetganini va Turkiyaning bu sohadagi muvaffaqiyati tobora ortib borayotganini taʼkidlab.

Shuningdek, Unver sogʻliqni saqlashxizmatlari uchun “HealthTürkiye” platformasiyaratilganligini eslatdi. Tibbiyot turizmi haqidagi maʼlumotlar “HealthTürkiye” platformasi orqali taqdim etiladi. Unver Turkiyaga kelgan mehmonlar va bemorlarni “HealthTürkiye” platformasidan foydalanishga chaqirdi va tibbiyot turizmi nuqtayi nazaridan “HealthTürkiye” kodini yaratish zarurligini taʼkidlab shunday davom etdi:

“Bemorlarning sogʻliqni saqlash muassasalarida xizmatdan foydalanayotganda ushbu kodni olishi va sogʻliqni saqlash muassasasining ushbu kodni tizimga kiritishi muhim, shunda biz bu xizmatni orqa fonda qaysi muassasa taqdim etayotganini kuzatishimiz mumkin”.

Shuningdek, Unver “Health Türkiye” platformasiga aʼzo boʻlish majburiyligini va bu uchun 6 oylik oʻtish davri borligini eslatib oʻtdi. Uning fikriga koʻra, endi ushbu platforma orqali tibbiyot turizmi boʻyicha maʼlumotlar taqdim etiladi. Qolaversa, Turkiyaga qancha bemor kelgani, ularning yoshi, qanday xizmatlar olgani va qaysi davlatlardan kelganini koʻrish imkoniyati mavjud.

Tibbiyot turizmidan foydalanuvchilar uchun “Viza” qulayligi

Behlul Unver, shuningdek, Turk Havo Yoʻllari ham platforma orqali Turkiyaga keladigan mehmonlar uchun chegirma yoʻlga qoʻyganini maʼlum qildi:

“Viza uchun qulaylik ham taqdim etamiz. Bizda viza kodi degan tizim mavjud. Chet eldan tibbiyot turizmi boʻyicha kelmoqchi boʻlganlar “Health Türkiye” platformasiga kirib, maʼlumotlarini bu yerga kiritganlarida, qaysi xizmatni va qayerda olishlarini tasdiqlaymiz va kod beramiz. Ular bu kod bilan konsullik yoki elchixonaga borganlarida, Turkiyaga kelishda ustunlikka ega boʻlgan hisoblanadilar va bemalol Turkiyaga kelishlari mumkin. Qaysi tibbiyot muassasasiga borishi va qaysi shifokor xizmat koʻrsatishini oʻzlari tanlashlari mumkin”.

Platformaga 5500 ta sogʻliqni saqlash muassasalari va 1275 ta vositachi muassasalar kiritiladi

“Health Türkiye” platformasiga vositachi muassasalar va sogʻliqni saqlash muassasasi aʼzolari soni kundan kunga ortib bormoqda. Behlul Unver maʼlumotiga koʻra, Turkiyada tibbiyot turizmi boʻyicha vakolatli 5500 ga yaqin sogʻliqni saqlash muassasasi bor. Shuningdek, 1275 ga yaqin vositachi muassasalar mavjud. Ularning platformaga aʼzoligi ham 6 oy ichida taʼminlanadi. Agar aʼzo boʻlmasa, tibbiyot turizmi bilan shugʻullana olmaydi.

“Bizni nafaqat sayyohlar, balki sayyohlarning sogʻligʻi ham qiziqtiradi. Mehmonxonalardagi mehmonlarimiz sogʻliqni saqlash xizmatlaridan qanday foydalanishni bilmaydilar. Biz QR kodlarini koʻrinadigan joylarga va mehmonxonalardagi xonalarga joriy qilmoqdamiz. Taxminan 3-4 oydan beri Antaliyadagi bir qancha mehmonxonalarda tajriba dasturi davom etmoqda.

Ular ushbu QR kodi bilan platformaga yoʻnaltiriladi”, dedi Unver Turkiyaga tashrif buyurgan sayyohlar uchun yangi dastur ishga tushirilganini eslatib.

Izohlar 0

Fikr bildirish