So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Turkiya turizm boʻyicha dunyoda 4-oʻringa chiqdi
Turkiya 2024-yilda 56,7 million xorijlik turist bilan dunyoda eng koʻp sayyohni jalb qilgan davlatlar orasida 4-oʻringa koʻtarildi.
Jahon Turizm Tashkiloti maʼlumotlariga koʻra, turizm ligasida birinchi 5 davlat Fransiya, Ispaniya, AQSH, Turkiya va Italiya.
Turkiya Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida bergan bayonotida quyidagi maʼlumotlarni berdi:
“Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon Turizm Tashkiloti tomonidan eʼlon qilingan 2025-yil may oyi Jahon Turizm Barometriga koʻra, Turkiya 2024-yilda 56,7 million chet ellik ziyoratchi bilan dunyoda eng koʻp sayyoh qabul qilgan 4-davlat boʻldi. Oʻtgan yilga nisbatan bir pogʻona koʻtarilib, 5-oʻrindan 4-oʻringa chiqib olgan Turkiya bu sohada barqaror oʻsishda davom etmoqda. 2024-yilda tashrif buyuruvchilarning umumiy soni 62,3 million kishiga yetdi.
Bu katta muvaffaqiyatning tarixiy meros va madaniy boyliklarning samarali targʻiboti, kuchli infratuzilma va toʻrt mavsumga mos turizm xilma-xilligining natijasi ekanini taʼkidlagan Ersoy, “Turkiya endilikda nafaqat kuzatiladigan, balki oʻrnak olinadigan turizm mamlakatiga aylandi”, dedi.