So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Turkiyaning sehrli suv osti dunyosi haqida nimalar maʼlum?
Turkiya nafaqat maftunkor sohillari, balki musaffo suvlari ostidagi sehrli dunyosi bilan ham yil davomida turizm “jannat”idir.
Marjon va baliqlardan tortib dengiz toshbaqalari-yu xilma-xil suv oʻtlaridan iborat hayratlanarli dengiz hayoti hamda son-sanoqsiz dengiz jonzotlarining vatani boʻlgan Turkiyaning suv osti olami ajoyib qoyalari, sirli gʻorlari va qiziqarli tunellari bilan koʻzni qamashtiradi.
Kash: Turk Riviyerasida halokatga uchragan kemalar orasidagi tirik marvaridlar
Kash nafaqat Turkiyaning, balki dunyoning eng yaxshi 10 shoʻngʻish manzillaridan biridir. Kashning suvdagi hayoti shu qadar jonliki, gʻavvoslar dengiz toshbaqalari, barrakudalar, skatlar va orfoz kabi koʻplab dengiz hayvonlarini koʻrishlari mumkin. Bir nechta gʻorlar Oʻrta yer dengizi mushuklari uchun boshpana sifatida ham himoyalangan. Qolaversa, bu yerdagi kema halokatlarining joyi bir shoʻngʻishda tarix va dengiz tadqiqotlarini birlashtiradi. Bu yerda Dimitriy yuk kemasining Kanyondagi halokati, Ikkinchi Jahon urushi davridagi italyan bombardimonchi samolyoti va C-47 harbiy yuk samolyoti (Dakota) ning halokat qoldiqlari bor. Shuningdek, Kariya va Likiya sivilizatsiyalariga mezbonlik qilgan son-sanoqsiz qadimiy shaharlarni ziyorat qilish va mashhur trekking yoʻllarini sinab koʻrish mumkin.
Fethiye: Egey va Oʻrta yer dengizi uchrashadigan osoyishta maskan
Agar siz goʻzal tabiat va hayajonli tajribalarni oʻzida mujassam etgan mukammal dam olishni izlayotgan boʻlsangiz, Fethiye aynan siz uchun! Fethiyaning firuza suvlari ostida — yumshoq marjonlar bilan qoplangan arklar, sirli tunellar va goʻyo tushdek koʻrinadigan dengiz hayoti hamda chuqur yon bagʻirlarga ega sehrli olam yashiringan. Qizil orolda (Kızıl Ada) tabiiy suv osti amfiteatri va Aquarium koʻrfazining tungi shoʻngʻish uchun mos boʻlgan shaffof suvlari oʻz kashshoflarini kutmoqda. Afkule shuningdek, anemon gullari, marul marjonlari, dengiz bodringi va dengiz marjonlari bilan bezatilgan gʻor orqali sehrli shoʻngʻishni taklif qiladi. Yaqin atrofda tabiiy yorugʻlik nurlari bilan yoritilgan yarim ochiq gʻor Turk Hamamining shoʻngʻish maydonida inson oʻzini huddi shaxsiy hovuziga tushgandek his qiladi. Oʻludeniz ustida paraplanda uchish, Kapalak vodiysida kapalaklarni kuzatish va Saklikent kanyonida yurish oʻzgacha zavq bagʻishlaydi.
Bodrum: Egeyda hayratlanarli uchrashuvlar
Bodrumda hashamat bilan sakinat uygʻun boʻlib, betakror landshaftlarni qidirayotgan gʻavvoslar uchun ham ideal tanlovdir. Bodrumda skatlar, barrakudalar, orkinoslar, moray ilonbaliqlari va sakkizoyoqlar yashaydigan qoyalar, vayronalar, gʻorlar, qoya tepalari kabi 20 dan ortiq shoʻngʻish joylari mavjud. Bir-biridan atigi 200 metr masofada joylashgan Katta va Kichik qoyalar oʻzining ajoyib suv osti hayoti bilan manzur boʻlsa, Karaadadagi Delikli gʻori binafsha va sariq shakli bilan hayratda qoldiradi. Orak oroli oʻzining ajoyib suvosti relefi bilan unutilmas devor boʻylab shoʻngʻishni vaʼda qiladi, Turkiya Harbiy-dengiz kuchlarining sobiq suv tankeridan tortib, Turkiya Harbiy-havo kuchlarining sobiq parashyut samolyotigacha boʻlgan tarixiy halokatlarning izlari unutilmas hayajon bagʻishlaydi. Kash Uluburun kema halokatining asl qoldiqlari Bodrum suv osti arxeologiyasi muzeyida saqlanadi. Bodrumning Mishlen yulduzli restoranlari mintaqa va jahon oshxonasining boy lazzatlarini aks ettiruvchi nafis taomlarni taqdim etadi.
Chanoqqalʼa: Shimoliy Egey dengizining tarixiy sohilidagi epik shoʻngʻishlar
Chanoqqalʼa sohilida shoʻngʻish oʻtmish bilan hamohangdir, bu suv osti arxeologiyasi va tarix ishqibozlari uchun muhim manzil hisonlanadi. Saros koʻrfazi 200 dan ortiq dengiz turlari, shuningdek, 188 tonnalik Lundy kabi halokat qoldiqlari bilan ajralib turadi. Birinchi Jahon urushi davridagi asosiy jang maydoni boʻlgan Gallipoli hozirda tarixiy suv osti parkiga ega. Gallipoli tarixiy suv osti parkida 14 xil kema halokatga uchragan boʻlib, SS Milo va HMS Majestic kabi urush chogʻlari Dardanel boʻylab turli xil chuqurliklarga tarqalib ketgan.