So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Oʻzbekistonga C gepatitiga qarshi dorining joriy yildagi ilk partiyasi olib kelindi
Misr hukumati tomonidan Oʻzbekistonga insonparvarlik yordami sifatida gepatit Cʻga qarshi dori vositasining 2025-yildagi ilk partiyasi yetkazildi.
Bu haqda “Dunyo” axborot agentligi xabar berdi. Qayd etilishicha, ushbu insonparvarlik loyihasi Prezident Shavkat Mirziyoyevning Oʻzbekistonda C gepatitini 100 foiz davolash boʻyicha tashabbusi ijrosi doirasida amalga oshirilgan.
Oʻzbekiston diplomatik vakolatxonasi va Misr Sogʻliqni saqlash vazirligi rahbariyati oʻrtasida oʻtkazilgan muzokaralar natijasida, umumiy qiymati 114 ming 829 AQSH dollariga teng 31 ta qutida 7440 dona boʻlgan C gepatitiga qarshi “Sofosbuvir-400mg” dori vositasining begʻaraz insonparvarlik koʻmagi sifatida taqdim etilishiga erishilgan.
Mazkur dori vositalari 31-may kuni “Uzbekistan Airways” aviakompaniyasi samolyotida Sharm ash-Shayx–Toshkent aviayoʻnalishi boʻyicha Oʻzbekistonga olib kelingan.
Dorilar mamlakatda C gepatitini 2030-yilga qadar bartaraf etish boʻyicha milliy dasturga asosan Sogʻliqni saqlash vazirligi huzuridagi Virusologiya ilmiy-tekshirish institutiga taqdim etiladi.
Oʻzbekiston elchixonasi xabariga koʻra, 2023-2024-yillarda Misr hukumati tomonidan mamlakatga C gepatitiga qarshi kurashish uchun umumiy vazni 12,4 tonna boʻlgan “Daklatasvir” va “Sofosbuvir” dori vositalari 27 partiyada insonparvarlik koʻmagi sifatida berilgan.
Mazkur dori vositalarining umumiy qiymati 1,4 million AQSH dollariga teng.