So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Xitoyda sunʼiy yomgʻir yogʻdirish boʻyicha tajriba oʻtkazildi
Tajriba doirasida ikki turdagi dronlardan foydalanildi. Kumush yodid moddasini purkash orqali 70 ming metr kub miqdorida yogʻingarchilik hosil qilindi.
Xitoylik olimlar Shinjon-Uygʻur mintaqasida dronlar yordamida sunʼiy yomgʻir yogʻdirishga muvaffaq bo'ldi. Ular kumush yodid moddasidan foydalangan holda 70 ming metr kub suv miqdoridagi yogʻingarchilikni hosil qildi — bu taxminan 30 ta Olimpiya suzish havzasiga teng.
Qayd etilishicha, tajriba ikki turdagi dronlar yordamida Tyan-Shan togʻlari etagida joylashgan Bayanbuloq yaylovlari ustida oʻtkazilgan. Ular 5 ming metr balandlikda harakatlanib, har biri 125 gramm boʻlgan kumush yodid kukunlarini purkagan. Umumiy sarf — 997 gramm, purkash tezligi esa soniyasiga 28 grammni tashkil etgan.
Kimyoviy modda miqdori kichik boʻlishiga qaramay, tajriba kutilganidan yuqori natija bergan: qoʻshimcha yogʻingarchilik 8 ming kilometr kvadrat maydonda kuzatilgan. Olimlarning taʼkidlashicha, bunga bulut qatlamlariga aniq taʼsir oʻtkaza olish orqali erishilgan — bu ilgari texnik jihatdan qiyin deb hisoblanardi.
Tajriba Xitoy meteorologiya boshqarmasining Bulutlar choʻkishi va ob-havoni modifikatsiya qilish fizika laboratoriyasi hamda Shinjon ob-havoni oʻzgartirish boshqarmasi tomonidan oʻtkazilgan. Natijalar uch usulda baholangan: yomgʻir tomchilarini oʻlchash, 50-yillik iqlim statistikasi tahlili va modellashtirish orqali. Barcha usullar yogʻingarchilik 3,8–4,3 foizga oshganini koʻrsatgan.
Kumush yodid bilan bulutlarga taʼsir koʻrsatish texnologiyasi XX asr oʻrtalaridan beri mavjud, ammo dronlardan foydalanish aniqlikni oshirib, ekologik xavflarni kamaytirdi. Tadqiqot mualliflaridan biri Li Binning soʻzlariga koʻra, tajriba bu texnologiyaning qurgʻoqchilikka qarshi kurash va iqlim oʻzgarishlariga moslashuvida katta salohiyatga ega ekanini koʻrsatgan.
Shinjon mintaqasida yillik yogʻingarchilik atigi 150 millimetrdan oshmasligi hisobga olinadigan boʻlsa, ushbu texnologiya suv va oziq-ovqat xavfsizligini taʼminlashda muhim vositaga aylanishi mumkin.