So`ngi yangiliklar
“Afsuski, ayrim “Ishonch telefonlari” nomiga tashkil qilingan yoki umuman ishlamaydi” – Akmal Burxonov
“Bosim oʻtkazilayotgani toʻgʻrisidagi xabarlar asossiz” – “Oʻzbektelekom” HUMANS ishi boʻyicha munosabat bildirdi
Oʻzbekistonning veterinariya sohasidagi tajribasi xalqaro miqyosda eʼtirof etildi
Turkiyada “Tungi muzeylar” loyihasi iyun oyida yangi mavsumini boshlaydi
Oʻzbekistonga C gepatitiga qarshi dorining joriy yildagi ilk partiyasi olib kelindi
Qibrayliklar oyoqqa turdi. Sababi nima?
5 ming yillik tarixga ega Birgi qishlogʻi haqida nimalar maʼlum?
Iznik: nasroniylikning tirik muzeyi
21-27-may kunlari Turk oshxonasi haftaligi boʻlib oʻtadi
Turkiyaning boy oshpazlik merosini targʻib qiluvchi Turk oshxonasi haftaligi barqaror, sogʻlom va anʼanaviy pishirish usullari bilan 21-27-may kunlari toʻrtinchi marotaba nishonlanadi.

Bu yilgi mavzu “Turk oshxonasining klassik taomlari” boʻlib, unda turk oshxonasining asosi – abadiy klassikaga urgʻu beriladi. Turk oshxonasi haftaligi har yili Turkiya Respublikasida va xorijdagi vakolatxonalari tomonidan bir qator tadbirlar ijtimoiy media kampaniyalari ishtirokida keng nishonlanadi. Tashabbus Turkiyaning ming yillik madaniy almashinuv, barqaror amaliyotlar va chuqur ildiz otgan gastronomik anʼanalar natijasida shakllangan boy oshpazlik merosini tanitishga qaratilgan.
Turk lazzatlari Onadoʻli dasturxonlaridan dunyoga ochiladi
Turkiyaning serhosil tuprogʻi va koʻp asrlik anʼanalarga ega chuqur tarixiy va boy oshpazlik madaniyati uni “haqiqiy gastronomik jannat” gaaylantiradi. Avloddan avlodga oʻtib kelayotgan va butun mamlakat oshxonalarida mehr bilan tayyorlanadigan abadiy retseptlarga asoslangan klassik taomlar bu xilma-xil oshxonaning yuragi hisoblanadi.
Mahalliy, mavsumiy ingrediyentlar va puxta oʻylangan, ammo oddiy texnikalar bilan tayyorlangan taomlar turk oshxona merosining mohiyatini aks ettiradi. Turk oshxonasining anʼanaviy, sogʻlom va isrofsiz qadriyatlarini bugungi kungacha olib kelgan bu klassik retseptlar ayni vaqtda Onadoʻlining mehmondoʻstlik, birlik va barobarlik ramzidir. Shuningdek, ular oila, doʻst va mehmonlarni birlashtiradiga nmehmondoʻst turk dasturxonlarining tamaltoshidir.
2025-yilgi Turk oshxonasi haftaligi menyusi vaqt sinovidan oʻtgan mashhur taomlarni oʻz ichiga oladi. “Turk oshxonasining klassik taomlari” mavzusidagi menyuda baxmal yasmiq shoʻrvasi va tarhana shoʻrvasi, imambayildi (piyoz va pomidor bilan toʻldirilgan baqlajon), manti (turk chuchvara) va kartoshkadan pishloqgacha, foydali oʻtlardan qiyma goʻshtgacha boʻlgan barcha mahsulotlar bilan toʻldirilgan boʻrek (mazali pishiriqlar) mavjud. Karnerik (qiyma bilan toʻldirilgan baqlajon), palov-jajik, kuru fasule (oq loviya), gurunch va aralash doʻlma (sabzavotlar bilan toʻldirilgan), qatiq kabi mazali uy taomlari turk oshxonasining ajralmas qismidir. Tetiklashtiruvchi boʻstona va choʻpon salatlari hamda turli xil ichimliklar bu oshpazlik tajribasini toʻldirsa, tovuq koʻkragidan tayyorlangan shirinlik, kazandibi (karamelli guruch pudingi) va pahlava kabi koʻplab turk shirinliklarini dasturxonning eng ajoyib yakuni desa ham boʻladi.
Turk oshxonasi haftaligi, shuningdek, mamlakatning boy mintaqaviy xilma-xilligining koʻrgazmasi boʻlib xizmat qiladi. Turkiyaning 81 viloyatining har biri mahalliy ingrediyentlar, iqlim va koʻp asrlik madaniy almashinuv asosida shakllangan anʼanaviy retseptlarning oʻziga xos talqinini taklif qiladi. Turk oshxonasi haftaligi Egeyning zaytun moyli taomlarida njanubi-sharqning ziravorli maxsus taomlari va Qora dengizning dengiz mahsulotlariga boy taomlari kabi turli yoʻnalishdagi oshpazlik sayohatiga taklif etadi. Mintaqaviy tadbirlar tashrif buyuruvchilarga mahalliy klassikalarning haqiqiy taʼmini va har bir mintaqaning kundalik hayoti hamda merosi haqida chuqurroq maʼlumot beradi.



