So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Turkiya 2025-yilning ilk choragida turizmdan rekord darajadagi 9,5 milliard dollar daromad oldi
Turkiya 2025-yil 1 chorak turizm natijalarini eʼlon qildi. Unga koʻra, Turkiya 2025-yilning 1yanvaridan 31-martgacha 8,844 million xalqaro sayyohni qabul qildi va turizmdan rekord daraajadagi 9,5 milliard dollar daromad oldi.
Turkiya Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy Istanbulda oʻtkazilgan matbuot anjumanida mamlakatning birinchi chorakda eng yaxshi koʻrsatkichga erishganini maʼlum qildi.
“Birlashgan Millatlar Tashkilotining turizm maʼlumotlariga koʻra, Turkiya 2024-yilda dunyoning toʻrtinchi eng katta turizm bozori sifatida qayd etildi. Oʻtgan yili dastlab 60 million xalqaro sayyohni qabul qilishni maqsad qilgan edik, lekin yilni rekord darajadagi 62,2 million kishi bilan yakunladik. Maqsadimiz 2025-yil oxirigacha 65 million sayyohni qabul qilish va turizmdan 64 milliard dollar daromad olishdir.
Aprel va undan keyingi davrlardan kutilgan natijalar va 2025-yilning dastlabki uch oyida turizmda daromadimizning 5,6 foizga oshishi maqsadlarimizga erishish yoʻlida ekanligimizdan dalolatdir”,- dedi Mehmet Nuri Ersoy.
2025-yilning dastlabki uch oyida 733 ming eronlik, 601 ming rus, 572 ming nemis, 560 ming bolgar va 304 ming ingliz fuqarosi Turkiyaga tashrif buyurdi. Bu ziyoratchilar Turkiyada oʻrtacha 11 kecha qolib, bir kechaga taxminan 98,90 AQSH dollari sarflagan.