So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
AQSHda fuqarolar tomonidan bojsiz oʻz ehtiyojlari uchun tovar olib kirish butunlay bekor qilindi
Hozirda dunyoda murakkab iqtisodiy vaziyat yuzaga kelgan, narxlar oshib bormoqda, moliyaviy vaziyat moʻtadillikdan yiroqda. Hatto, jahon iqtisodiyotida birinchi oʻrinda turadigan AQSH ham aynan shu masalaga keskin yondashdi va bu turdagi tovarlarga nisbatan boj siyosatini oʻzgartirdi...
Jahonda, shu jumladan AQSHda jismoniy shaxslar tomonidan oʻz ehtiyojlari uchun bojsiz tovar olib kirish “de minimis” (lot. “ahamiyatsiz darajada kichik”, oʻzb. “juda kichik, eng kam”) instituti deb yuritiladi.
AQSHda shu kunlargacha “de minimis” foydalanilib, kichik qiymatli joʻnatmalarga boj va import soligʻi solinmasdan kelingan. Bu imtiyoz $800 dan kam boʻlgan yuklarga taalluqli boʻlib, 1938-yilda boj olish ortiqcha xarajat va samarasiz boʻlgani uchun joriy etilgan. 87-yil avvalgi iqtisodiy vaziyat bilan hozirgi iqtisodiy vaziyat tubdan farq qilishiga hech kim eʼtiroz qilmasa kerak.
Biroq, AQSH mazkur imtiyozni pasaytirmadi, balki joriy yilning 2-may kunidan boshlab uni butunlay bekor qildi. Buning asosiy sababi etib, AQSH ishlab chiqaruvchilari zarar koʻrayotgani va katta miqdorda, lekin mayda mayda partiyalarda olib kirilishi koʻrsatib oʻtilgan. Ushbu oʻtkazmalar orqali sintetik opioidlar, jumladan fentanil kabi narkotik moddalarning noqonuniy olib kirishi yuz berib kelgan (Oʻzbekistonda ham bu muammo keng yoyilgan).
AQSH nafaqat imtiyozni bekor qildi, balki $800 gacha boʻlgan yuklar uchun endilikda 145 foizli yigʻim joriy qildi (davlat pochtasidan yuborilsa 120 foiz yoki 100 dollar.). Albatta, dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, amerikaliklarning bu boradagi xarajati $8 mlrd dan $30 mlrdgacha oshishi kutilmoqda, biroq AQSH “maqsad vositalarni oqlaydi” tamoyilida ish koʻrdi.
Ayni paytda Angliyada £135 dan kam boʻlgan yuklar import bojidan ozod etilgan, va bu meʼyorni qayta koʻrib chiqish masalasi muhokamada. Yevropa Ittifoqi ham €150 gacha boʻlgan tovarlarga bojxona imtiyozini 2028-yilgacha bosqichma-bosqich bekor qilishni rejalashtirmoqda.
Iqtisodi katta va boy davlatlarning bu kabi cheklovlarni kiritishi, bir hisobdan koʻzga koʻrinmaydigan, yaʼni shaxsiy ehtiyoj uchun olib kelinadigan oz miqdordagi tovarlarniyam qamrab olishi, iqtisodda mayda masalaning yoʻqligidan dalolat beradi. Chunki, katta yalpi ichki mahsulotga ega boy davlatlar fuqarolarning oʻz ehtiyoji uchun olib kelinadigan tovarlariga aralashib yurishi shartmi deyishingiz mumkin. Jahon tajribasi bu soha jiddiy iqtisodiy masala ekanligini yaqqol isbotlayapti.
Oʻzbekiston kiritgan yangi qoidalar jahon miqyosida yuz berayotgan jarayonlarga hamohang ekanligi, bu boradagi yondashuvlar toʻgʻri ekanligidan dalolat.