So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Rossiyada oʻzbek migrantlari huquqlariga rioya etilishi nazorati kuchaytiriladi
Bunga mehnat migratsiyasi va migrantlar huquqlarini himoya qilish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston - Rossiya idoralararo ishchi guruhining birinchi yigʻilishida kelishildi.
Bosh prokuratura matbuot xizmatining maʼlum qilishicha, yigʻilish 28 - 29-aprel kunlari Moskvada boʻlib oʻtdi. Unda Rossiya bosh prokurori Igor Krasnovning taklifiga binoan, Oʻzbekiston bosh prokuror oʻrinbosari Shoxruh Aminov rahbarligidagi vazirlik va idoralar delegatsiyasi ishtirok etdi.
Rossiya delegatsiyasi tarkibiga Rossiya bosh prokurori oʻrinbosari Pyotr Gorodov rahbarligida Bosh prokuratura, Federal xavfsizlik xizmati, Tashqi ishlar, Ichki ishlar vazirliklari va boshqa idoralar vakillari kiritilgan.
Tadbir davomida tomonlar migratsiya sohasidagi amaldagi holat, muammoli jihatlar va ularni hal etish yoʻllarini muhokama qildilar. Yigʻilish ishtirokchilari ikki davlat manfaatlarini hisobga olgan holda migratsiya sohasida qonuniylikni taʼminlashga qaratilgan hamkorlikdagi chora-tadbirlarni ishlab chiqishga kelishib oldi.
Ikki davlat Bosh prokuraturalari Oʻzbekiston fuqarolarining Rossiyaga mehnat faoliyatini amalga oshirish maqsadida kelishi hamda Rossiya fuqarolarining Oʻzbekistonga kelishlari jarayonida ularning huquqlarga rioya etilishi ustidan nazorat va kuzatuvni kuchaytirish majburiyatini oldi.
Tadbir yakunida delegatsiyalar rahbarlari mehnat migratsiyasi va migrantlar huquqlarini himoya qilish masalalari boʻyicha Oʻzbekiston—Rossiya idoralararo ishchi guruhining birinchi majlisida qabul qilingan qarorlar aks etgan bayonnomani imzoladi. Imzolangan bayonnoma ijrosi Oʻzbekiston va Rossiya Bosh prokuraturalari tomonidan alohida nazoratga olinadi.
Rossiyada chet el fuqarolarining huquqiy maqomini rasmiylashtirishi (legalizatsiya) lozim boʻlgan muddat 2025-yilning 10-sentyabrgacha uzaytirildi. Pora evaziga hujjat olgan migrantlarni mamlakatdan chiqarib yuborish taklif etildi. Migratsiya agentligi Rossiyada ishlab yurgan, ammo, hujjatlarida kamchiligi mavjud boʻlgan barcha oʻzbekistonliklarga huquqiy, amaliy yordam koʻrsatishga tayyorligini bildirdi.