So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Peruda 5 ming yillik mumiyo topildi
Peruda arxeologlar yuqori ijtimoiy mavqega ega boʻlgan yosh ayolning mumiyolangan qoldiqlarini topdi, deb xabar berdi mamlakat Madaniyat vazirligi.
Mumiyolangan ayolning yoshi 25-30 yosh atrofida boʻlgan. Oradan 5 ming yil oʻtgan boʻlsa ham uning terisi, sochlari va tirnoqlari saqlanib qolgan.
Hozirga qadar saqlanib qolgan mumiyo qariyb 5 ming yil oldingi davrga tegishli ekani taxmin qilinmoqda. U qadimgi Karal-Supe sivilizatsiyasining (miloddan avvalgi 3000–1800-yillar) markazlaridan biri boʻlgan Aspero hududidagi qazishmalar vaqtida topilgan.
Ayolning yoshi 25-30 yosh atrofida boʻlgan. Oradan 5 ming yil oʻtgan boʻlsa ham uning terisi, sochlari va tirnoqlari saqlanib qolgan. Mumiyoning jasadi bir nechta matoga oʻralgan — jumladan, paxta va qamishdan toʻqilgan boʻyraga.
Bundan tashqari, qabrda arxeologlar tomonidan “ayolga taqdim etilgan hadyalar” deb atayotgan koʻplab artefaktlar mavjud. Ular orasida — toʻrt dona qamishdan yasalgan savat, naqshlar tushirilgan igna, Amazoniya chigʻanogʻi, rang-barang taqinchoqlar bilan bezatilgan tukan tumshugʻi, jun mato, baliq ovlash toʻri, 30 ga yaqin shirin kartoshka tugunagi va toʻquv asboblari mavjud.
Qabrga qoʻyilgan buyumlar va mumiyoning dafn libosini tahlil qilgan arxeologlar bu ayol jamiyatda yuqori mavqega ega boʻlgan degan xulosaga kelishgan. Bungacha Asperoda yana toʻrtta “elita”ga tegishli qabr topilgan edi. Olimlarning fikricha, bu topilmalar qadimgi Karal-Supe sivilizatsiyasi shakllanish davrida jamiyatda ijtimoiy tashkilot mavjud boʻlganidan dalolat beradi.