So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Oltinning narxi tarixiy rekord darajaga oshdi
Jahon birjalarida oltinning narxi yangi rekord koʻrsatkichga yetdi va birinchi marta uning bir unsiyasi (28,3495 gramm)ni qiymati 3500 dollardan oshdi. Xususan, Chikago tovar birjasidagi savdo maʼlumotlariga koʻra, iyun oyidagi oltin fyucherslari narxi 2,3 foizga oshib, bir unsiya uchun 3504,2 dollarga yetdi.
“Bloomberg” agentligining yozishicha, oltin narxining oshishi, dollar kursining pasayishiga AQSH Federal zaxira tizimi prezident Donald Tramp tomonidan tanqid qilingani sabab boʻlgan. Bu omillar xavfsiz aktiv sifatida oltinga talabni oshirdi. Qimmatbaho metallar narxining oshishiga savdo urushlarining taʼsiri haqidagi doimiy xavotirlar ham turtki bergan.
Dollar asosiy valyutalarga nisbatan zaiflashdi, bu esa tahlilchilarning fikricha, Trampning Federal zaxira tizimi raisi Jerom Pauell haqidagi soʻnggi izohlari bilan bogʻliq. Gap shundaki, Oq uy rahbari yana bir bor Federal zaxira tizimidan foiz stavkalarini pasaytirishni talab qildi. Bu esa mamlakat iqtisodiyotiga ishonchni zaiflashtirmoqda. Oʻz navbatida, zaif dollar oltinni boshqa mamlakatlar investorlari uchun yanada jozibador qilmoqda.
Avvalroq, Comex birjasida oltin narxi 1,72 foizga oshib, uning bir troya unsiyasi (31,1035 gramm)ni bahosi 3450 dollardan oshgandi.