So`ngi yangiliklar
Qamchiq dovonida ob-havo keskinlashdi: haydovchilardan ehtiyotkorlik so‘ralmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Markaziy Osiyolik migrantlar Rossiya oʻrniga Xitoy, Koreya va Yevropani tanlamoqda. Sababi nimada?
Markaziy Osiyo davlatlari fuqarolarining Rossiyada mehnat qilishga boʻlgan qiziqishi oxirgi paytlarda sezilarli darajada pasayib bormoqda. Endi ular koʻproq Xitoy, Janubiy Koreya, Yaqin Sharq mamlakatlari va Yevropani yangi migratsiya yoʻnalishi sifatida koʻrishni boshladi. Bu haqda Rossiya hukumati qoshidagi Moliya universitetining professori, migratsiya boʻyicha ekspert Aleksandr Safonov maʼlum qildi.
Mutaxassisning taʼkidlashicha, bunga asosiy sabab rubl kursining tushib ketishi boʻlib, bu Markaziy Osiyo mamlakatlaridan kelgan mehnat migrantlarining daromadlariga salbiy taʼsir koʻrsatgan. Shuningdek, Rossiya hukumati tomonidan amalga oshirilayotgan migratsiya siyosatidagi cheklovlarning kuchayishi ham ishchilarning bu mamlakatga qiziqishini pasaytirgan.
Ayni paytda, ekspert Markaziy Osiyo respublikalarining oʻzlari ham izchil rivojlanayotganini qayd etgan. Rossiya va Xitoy kompaniyalari oʻz ishlab chiqarish korxonalarini ushbu mamlakatlarga koʻchirmoqda. Shu tariqa, mintaqada yangi ish oʻrinlari paydo boʻlyapti va bu ham koʻplab mehnat migrantlari uchun oʻz mamlakatlarida qolib ishlash imkonini yaratmoqda. Garchi maosh Rossiyadagidan pastroq boʻlsa-da, ishchilar oʻz mamlakatida yashash orqali transport va turar joy ijarasi xarajatlaridan tejab qolmoqda.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq ekspertlar 2025 yilda Rossiyadagi mehnat bozoriga Oʻzbekiston, Tojikiston va Qirgʻizistondan kelgan anʼanaviy ishchi kuchi oʻrniga 35 minggacha hindistonlik ishchilar kelishi mumkinligini bashorat qilgan edi. Shu bilan bir qatorda, Rossiya mehnat bozorida Shri-Lanka, Nepal va Bangladeshdan kelayotgan migrantlar soni ham koʻpayib borayotgani maʼlum qilindi.
Rossiyadagi migratsiya yoʻnalishlarida yuzaga kelgan ushbu oʻzgarishlarning kelajakda qanday davom etishi koʻpchilikning diqqat markazida turibdi.