Qidirish

20:05 / 2025-04-21 42 0 Dunyo

Quyosh, dengiz, tarix va hashamat. Antaliya dunyoga nimasi bilan mashhur?

Antaliya Turk Riviyerasi boʻylab Oʻrta Yer dengiziga qaragan maftunkor kurort shahri boʻlib, oʻzining oltin qumlari, koʻmkoʻk osmoni va moviy suvlari bilan barchaning sevimli dam olish maskaniga aylangan.

world-news

Turkiyaning janubi-gʻarbiy qismida joylashgan ushbu shahar 300 kunlik quyoshi va yoqimli iqlimga ega boʻlib, yozgi saodatni izlayotganlar uchun yil davomida betakror muhit taqdim etadi. Bu mashhur qirgʻoq marvaridi nafaqat dengiz va quyosh bilan oʻziga jalb qiladi, balki dunyodagi eng toza plyajlarning faxriy yoʻlboshchisidir. Antaliya eng koʻp 233 ta Moviy bayroq sertifikatiga ega plyajlari bilan jahon rekordini oʻrnatdi. 

Oltin quyosh, mayin qumlar va billursuvlar….

Yoz faslida sayr qilish istagi insonni beixtiyor dengiz tomon chorlaydi. Antaliya sifatli xizmati va xavfsizligi uchun nufuzli Moviy bayroq mukofotiga sazovor boʻlgan. Antaliyaning tabiiy boyliklarini saqlab qolish majburiyati har bir plyajning eng yuqori barqarorlik standartlariga rioya qilinishini taʼminlaydi. Shaffof suvlar, toza qum parchalari va yaxshi saqlangan tabiiy muhit, bularning bari goʻyo yorqin quyosh nurida choʻmilganday musaffo.

Antaliyaning Alaniya, Side, Manavgat, Finike, Kemer, Kalkan, Kash va boshqa koʻplab diqqatga sazovor shaharlari sokin, goʻzalligi va tozaligi bilan eʼtiborni tortadi. Bular orasida Patara, Kleopatra, Kaputash, Lara va Konyalti plyajlari oʻziga xosligi bilan ajralib turadi. Ushbu plyajlar, shuningdek, adrenalinga boy turli xil suv sportlari uchun ideal joylardir. Kash nafaqat Moviy bayroqli plyajlari, balki shoʻngʻin (dayving, shoʻngʻish) uchun ham Turkiyaning, ham dunyodagi eng yaxshi markazlardan biridir. Qolaversa, Antaliyada shamol syorfingi va kaytsyorfingi ham keng tarqalgan aktivitilardan, chunki Alaniya tabiati, yoqimli shamollari va goʻzal dengizi bu qiziqarli sport uchun juda qulay hisoblanadi. Bu yerda yana parashyutdan sakrash, changʻi uchish va hattoki kanoeda uchish kabi sport turlarini sinab koʻrish va unutilmas tajribalarga ega boʻlish mumkin.

Tarix, hashamat va barqarorlik

Antaliyaning tabiiyligini saqlab qolgan plyajlari jahon darajasidagi qulayliklarni taklif qiluvchi mehmonxonalar, koʻngilocharparklar, golf maydonlari va gurme restoranlari kabi hashamatli kurortlar bilan oʻralgan. Shuningdek, koʻplab qadimiy joylar va tarixiy qishloqlar mavjud. Masalan, Likiya sivilizatsiyasi xarobalari joylashgan va “boqiy alanga” deb nomlangan Chimera va Qadimgi Olimpos shahri tarix ixlosmandlarining albatta koʻrishi kerak boʻlgan joylardir. Xuddi shunday, Turkiyaning eng uzun (18 km) plyajlaridan biri Patara plyaji va Likiya Ittifoqining tarixiy poytaxti Patara antik shahri soʻlim tabiat qoʻynida olis tarix boʻylab sayohatga chorlaydi.

Sogʻlom va xavfsiz turizm xizmatlari bilan ajralib turadigan Antaliyaning Moviy bayroqli plyajlari ham barqaror tabiiy muvozanatga hissa qoʻshadi. Ushbu plyajlardagi tabiatni muhofaza qilish boʻyicha eng muhim ishlardan biri “caretta caretta” toshbaqalaridir. Yoʻqolib ketish xavfi ostida turgan bu dengiz toshbaqalari omon qolish uchun toza plyajlarga intiladi. Belek, Patara va Chirali kabi shaharning Moviy bayroqli plyajlari xavfsiz koʻpayish maydonini taʼminlaydi, masalan, qoʻriqlanadigan uyalar, plyaj yoritish tizimining doimiy nazorat ostida boʻlishi va xabardorlik dasturlari kabi qatʼiy muhofaza choralari. Koʻpayish davrida hatto toshbaqalarning hayot yoʻliga guvoh boʻlish mumkin.

Tiniq moviy dengiz boʻyida dam olish, suv sporti bilan shugʻullanish yoki shunchaki ajoyib tabiatdan zavqlanish va unutilmas tajriba — bularning bari Antaliyaning Moviy bayroqli plyajlarida mujassamdir. Shu bilan birga Oʻrta yer dengizining dengiz mahsulotlarini tatib koʻrishni va jonli tungi hayotdan bahra olishni unutmang!

Izohlar 0

Fikr bildirish