So`ngi yangiliklar
Qamchiq dovonida ob-havo keskinlashdi: haydovchilardan ehtiyotkorlik so‘ralmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
AQSH va Ukraina yer osti boyliklari boʻyicha kelishuvga erishdi
AQSH va Ukraina foydali qazilmalar boʻyicha kelishuvga erishganini tasdiqlovchi memorandumni imzoladi. Bu haqda Ukraina bosh vazirining birinchi oʻrinbosari, iqtisodiyot vaziri Yuliya Siridenko maʼlum qilgan.
“Bugun biz AQSH bilan iqtisodiy sheriklik toʻgʻrisida qoʻshma bitim tomon qadam qoʻydik. Ukraina va AQSH jamoalarimizning konstruktiv ishini va har ikki xalqimiz uchun manfaatli boʻlgan kelishuvni yakunlash va tuzish niyatini tasdiqlovchi memorandumni imzoladi”, deb yozdi u ijtimoiy tarmoqlarda.
Vazirning qoʻshimcha qilishicha, kelishuv matni ustida ishlashni yakunlash, uni imzolash, soʻngra hujjatni parlamentlarda ratifikatsiya qilish qolgan.
Avvalroq AQSH prezidenti Donald Tramp Vashington va Kiyev kelgusi payshanba, 24-aprel kuni nodir metallar boʻyicha kelishuv imzolashini aytgandi.
Mart oyi boshida Qoʻshma Shtatlar va Ukraina Amerika tomonining Ukrainada foydali qazilmalarni qazib olishda ishtirok etishi toʻgʻrisidagi bitimni imzolay olmadi. Oq uyda boʻlib oʻtgan matbuot anjumanida Donald Tramp va Vladimir Zelenskiy Ukrainadagi kelishuv mavzusida nizoga bordilar. Soʻngra, Tramp ijtimoiy tarmoqlarda Zelenskiy hali mojaroni tinch yoʻl bilan hal qilishga tayyor emasligini yozgan.