So`ngi yangiliklar
Andijonda Bobur shahri barpo etiladi
Navoiyda paxta terish xizmatiga ajratilgan subsidiya pullari toʻlab berilmagan. Fermerlar kengashi masʼullarga chora koʻrish boʻyicha Bosh prokuraturaga murojaat kiritdi
Prezidentga modernizatsiya qilinayotgan Andijon xalqaro aeroportining imkoniyatlari haqida axborot berildi
Prezident xalqaro turizm markazining master-rejasini koʻrib chiqdi
Jamiyatimizning koʻrinmas qahramonlari
Xitoyda uch kundan beri boʻron kuzatilmoqda
Abdulaziz Komilov Italiyaning eng yuqori davlat mukofoti bilan taqdirlandi
Meʼmor Sinon: meʼmorchilik tarixining buyuk va monumental siymosi
Meʼmor Sinon: meʼmorchilik tarixining buyuk va monumental siymosi
Usmoniylar imperiyasining eng shonli davrida butun imperiya boʻylab qad koʻtargan binolari bilan nomi tarixga oltin harflar bilan yozilgan mashhur Meʼmor Sinon Edirnani ham meʼmorchilik nuqtayi nazaridan eng muhim manzilga aylantirdi.

Meʼmor Sinon faoliyatining eng choʻqqisi Edirnedagi Selimiya masjidi boʻlib, u 1575-yilda qurib bitkazilgan. Sinon 1557-yilda qurgan Sulaymoniya masjidiga “shogird ishi” deb taʼrif bergan boʻlsa, Selimiya masjidini “ustozning ishi” deb baholashi bu inshootga bergan maʼnoni yaqqol ochib beradi. Selimiya masjidining eng koʻzga koʻringan xususiyatlaridan biri uning ulkan gumbazidir. Gumbaz Istanbuldagi Ayasofya gumbazidan kengroq boʻlib, toʻrtta fil oyogʻiga qurilgan. Bu uslub arxitektura nuqtayi nazaridan burilish nuqtasi hisoblanadi.
Sinonning Edirnedagi boshqa obidalari
Edirnada Meʼmar Sinon qoldirgan izlar faqat Selimiya masjidi bilan cheklanmaydi. Shaharning savdo yoʻllari va ijtimoiy hayotini shakllantiruvchi muhim inshootlar ham uning meʼmoriy yondashuvini aks ettiradi. Rustam Posho karvonsaroyi (1561): Qonuniy Sulaymonning kuyovi Rustam Posho nomiga qurilgan karvonsaroy Usmonli savdo tarmogʻining eng muhim bekatlaridan biri boʻlgan.
Savdogarlarni tunab qolishi uchun qurilgan bu inshoot Sinonning funksional meʼmoriy yondashuvini aks ettiradi. Karvonsaroy bugungi kunda qayta tiklanib, Usmonli savdo madaniyatini ochib beruvchi turistik hududga aylantirilgan. Defterdar Mustafo Posho masjidi (1570): Sinonning toshsozlikdagi mahoratining muhim namunalaridan biri. U kichik hajmdagi inshoot boʻlsa-da, ichki tartibi va yorugʻlikdan foydalanish nuqtayi nazaridan eʼtiborni tortadi.
Ali Posho bozori: Ushbu bozor 1569-yilda qurilgan boʻlib, urushlar paytida oʻz ahamiyatini yoʻqotgan. 1950-yillardan keyin qayta jonlangan bozor 1992-yildagi katta yongʻinda butunlay vayron boʻlgan. 1997-yildagi restavratsiyadan soʻng bozor hali ham savdo dinamikasi saqlanib qolgan joylardan sanaladi. Yalnizgoʻz koʻprigi: Tunja daryosi ustidagi koʻprik 1567-yilda qurilgan. Shahar markazini Yangi Imorat mahallasiga bogʻlaydigan koʻprik Boyazid II koʻprigiga qoʻshimcha sifatida qurilgan.
Sokullu Mehmet Posho hammomi: Uch Sherefeli masjid yonidagi hammom 1569-yilda qurilgan. Zilzilalar va yongʻinlar paytida turli taʼmirlardan oʻtgan. U 1970-yildan beri ijaraga olinib, jismoniy shaxslar tomonidan boshqariladi. Adolat saroyi: Edirne saroyi joylashgan hududda 1561-yilda Qonuniy Sulton Sulaymonning buyrugʻi bilan qurilgan. Ustma-ust uch xonadan iborat boʻlgan minoraning yuqori qavatida sultonning hovuzli saroyi joylashgan.
Sang-i arz va sang-i ibret toshlari Adolat qasrining Qonuniy koʻprigiga qaragan tomonida joylashgan. Qolgan toshning narigi tomonida qatl qilinganlarning boshlari, hatto Merzifonlu Qora Mustafo poshoning boshi ham bu toshda koʻrsatilganligi aytiladi. Qonuniy koʻprigi: U toʻrtta koʻzli va saroyni shahar bilan bogʻlab turgani uchun Saroy koʻprigi deb ham ataladi. Koʻrik 1554-yilda Sulaymon podshohning buyrugʻi bilan Meʼmor Sinon tomonidan qurilgan. Sulton Salim majmuasi, Sulton Salim II Dorulhadisi, Sulton Salim II Darulkurrasi, Sulton Salim II maktabi ham Meʼmor Sinon asarlaridandir.
Havsa Sokullu Mehmet Posho majmuasi: 1577-yilda Sokullu Mehmet Poshoning buyrugʻi bilan oʻgʻli Kasım Posho nomiga qurilgan. Bulardan tashqari turli imoratlar va suv yoʻllari qurilishiga ham oʻz hissasini qoʻshgan Meʼmor Sinonning yutugʻi faqat tosh va gʻishtlardan iborat emas. Uning asarlari Usmonli imperiyasining sanʼat va meʼmorchilikka qanchalik ahamiyat berganini, uning texnik mahorati va muhandislik dahosini namoyish etadi.
“U 50-yillik meʼmorchilik hayotida 400 ta bino qurdi”
Sinon va Selimiya masjidi fondi (SİSEV) bosh direktori, usta meʼmor Mehmet Ali Esmerning aytishicha, Edirnada Meʼmor Sinonning 13 ta asari bor. Bu asarlarning eng kattasi va eng muhimi Selimiya masjidi ekanligini taʼkidlagan Esmer, “Menimcha, ikkita muhim jihat bor. Birinchisi, Meʼmor Sinonning 50-yillik umrini bagʻishlagan 400 ta asari va turk madaniyatining ming yillik tarixi. Sinonni Meʼmor Sinon qilgan narsa, ming yillik turk madaniyatining shu kunlarga olib kelgan toʻplamidir”, dedi.
“Meʼmor Sinondan oldingi Hassa Ojagʻi anʼanasi bor, turk meʼmorchiligi anʼanasi bor. Minglab yillar davomida ishlab chiqilgan qurilish texnikasi bor. Meʼmor Sinon yangi askarlik paytida qayerda boʻlmasin, inshootlarni koʻzdan kechirib, ularning qurilish texnikasini oʻzlashtirdi, u yerdagi gildiyalardan kerakli maʼlumotlarni oʻrgandi va bularning barchasini yillar tajribasi bilan birlashtirib, 50-yillik meʼmoriy hayotiga 400 ta asar joylashtirdi”, dedi Meʼmor Sinonni faqat oʻz davrida baholashning toʻgʻri emasligini, oʻtmish izlarini ham tahlil qilish muhimligini bildirgan Esmer.
“U hamma narsani kuchli bilim va ongli ravishda qilgani koʻrinib turibdi”
Esmer turk madaniyatida Qoraxoniylardan Usmoniylargacha boʻlgan meʼmorchilik anʼanasi borligini, davlatlar oʻzgarsa ham anʼanalarga sodiqlik oʻzgarmasligini taʼkidlab, shunday davom etdi: “Meʼmar Sinon ana shu bilim va maʼlumotlardan unumli foydalanib, uni kelejak avlodga eng yaxshi tarzda taqdim etgan bebaho olimdir. Hamma ishni kuchli bilim va ong bilan qilgani yaqqol koʻrinib turibdi. Uning turk madaniyatiga sodiqligini asarlaridagi izlardan ham koʻrsak boʻladi”.



