So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Ukraina Patriot havo hujumidan mudofaa tizimining muqobilini ishlab chiqmoqchi
Ukraina mudofaa sektori va hukumati Patriot havo mudofaa tizimining muqobilini ishlab chiqish boʻyicha xorijiy hamkorlar bilan muzokaralar olib bormoqda.
Bu haqda Ukraina strategik sanoat vaziri German Smetanin harbiy-sanoat kompleksining 2024-yildagi faoliyati yakunlariga bagʻishlangan anjumanda maʼlum qildi.
Uning soʻzlariga koʻra, bu tizim faqat AQSHdan yetkazib beriladi va bugungi kunda Rossiya ballistik raketalarini urib tushira oladigan yagona qurilmadir.
“Ukraina hududida Patriot havo hujumidan mudofaa raketa tizimlarining oʻxshashi hozircha yoʻq, biroq mudofaa sanoatimizda tegishli loyiha bor va biz bu borada ishlayapmiz”, dedi Smetanin.
Dunyoning shunga oʻxshash tizimlarni ishlab chiqarishi mumkin boʻlgan boshqa mamlakatlari haqidagi savolga javob berar ekan, vazir shunday davlatlar borligini va Ukraina qisman mahalliylashtirish boʻyicha muzokaralar olib borayotganini taʼkidladi.