So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
AQSHda Kiberqoʻmondonlik va Milliy xavfsizlik agentligi rahbari lavozimdan olindi
AQSH Qurolli kuchlari Kiberqoʻmondonligi va Milliy xavfsizlik agentligi (MXA) rahbari sifatida faoliyat yuritib kelgan general Timoti Xo lavozimdan olindi, deb xabar bermoqda The Washington Post.
Bundan tashqari, Xoning Milliy xavfsizlik agentligidagi oʻrinbosari Vendi Nobl ham lavozimdan olingan.
Agentlik rahbarining ishdan boʻshatilishini oʻta oʻng faol Lora Lumer AQSH prezidenti Donald Tramp bilan uchrashuvda soʻragan edi. U Xo va Milliy xavfsizlik kengashining yana bir necha xodimini Trampga sodiq emaslikda ayblagan.
Lumerning chaqiriqlaridan keyin 3-aprel kuni Milliy xavfsizlik kengashining kamida besh nafar xodimi ishdan boʻshatilgan. MXA rahbarlarining nima sababdan lavozimdan olinganiga rasman izoh berilmagan.
WPʼning yozishicha, mart oyida Xo Trampning maslahatchisi va Hukumat samaradorligi departamenti rahbari Ilon Mask bilan MXAning Merilenddagi shtab-kvartirasida uchrashgan. Amerikalik amaldorlarning soʻzlariga koʻra, uchrashuv “muvaffaqiyatli” oʻtgan.
General Timoti Xo Milliy xavfsizlik agentligi va AQSH Kiberqoʻmondonligi rahbarligiga 2024-yil fevralda tayinlangan edi. U 30-yillik harbiy xizmat tajribasiga ega “kiberxavfsizlik sohasidagi professional” deya taʼriflanadi. Shuningdek, u 2018-yilgi oraliq saylovlarni Rossiyaning ehtimoliy aralashuvidan himoyalanish maqsadida Kiberqoʻmondonlik kuchlari harakatiga rahbarlik qilgan.
2025-yil fevral oxirlarida AQSH mudofaa vaziri Pit Hegset Kiberqoʻmondonlik Rossiyaga qarshi har qanday rejalashtirilgan harakatlarni toʻxtatishni buyurgani maʼlum boʻlgandi. Pentagon ushbu xabarni rad etgan.