So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Global ishlab chiqaruvchilarga AQSHda joriy etilgan bojlar Oʻzbekiston uchun foydali boʻlishi mumkin
AQSH hukumati joriy qilgan yangi bojxona tariflari global savdoga jiddiy taʼsir oʻtkazadi.
Bu Oʻzbekiston uchun eksport imkoniyatlarini kengaytirish imkoni boʻlishi ham mumkin. Bu haqda prezidentning JST boʻyicha maxsus vakili Azizbek Urunov oʻz “LinkedIn” sahifasida maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, AQSH qoʻygan bojxona toʻlovlari uch toifaga ajratilgan boʻlib, Oʻzbekiston 10% qoʻshimcha boj stavkasi joriy etilgan mamlakatlar qatoriga kiritilgan. Biroq asosiy global ishlab chiqaruvchilar, jumladan, Xitoy (64%), Vyetnam (46%) va Hindiston (26%) uchun sezilarli darajada yuqori bojlar belgilangan.
Ushbu vaziyat davlatimizning qiyosiy ustunlikka ega boʻlgan toʻqimachilik va tayyor mahsulotlar eksporti kabi sohalarida yangi imkoniyatlar yaratishi mumkin. Shuningdek, AQSH bozorida raqobatchi davlatlarning mahsulotlari qimmatlashgani sababli Oʻzbekiston mahsulotlariga talab oshishi kutilmoqda.