Qidirish

11:00 / 2025-04-01 504 0 Dunyo

Gaziantep: sivilizatsiyalar beshigi

Gaziantep ming yillik tarixi, uzoq yillik qadriyatlari va madaniy merosi bilan dunyodagi eng bebaho hududlardan biridir.

world-news

Gaziantepning diqqatga sazovor joylari

Gaziantep Zeugma muzeyiga kirganingizda uning nima uchun dunyoning yetakchi muzeylaridan biri ekanligini darhol tushunib yetasiz. Taxminan 30 000 kvadrat metr maydonni egallagan muzey uchta boʻlimdan iborat. Muzeyda koʻplab toʻplamlar mavjud: 2748 kvadrat metrlik mozaika kolleksiyasi, 140 kvadrat metr devoriy suratlar, koʻplab haykallar va 20 ta ustun mavjud. Maʼlumki, asarlarning aksariyati Rim va soʻnggi antik davrlarga oid.

Muzeydagi eng qimmatli buyum, shubhasiz, loʻli qiz mozaikasi. Mozaikadagi shaxs haqida turli qarashlar mavjud. Ayrim tadqiqotchilar Yer maʼbudasi Gayaga tegishli degan figuraning Makedoniyalik Iskandarga ham tegishli ekanligini aytishadi. Zeugma muzeyida bolalar uchun oʻyin maydonchasi mavjud boʻlib, bu ota-onalarga qulaylik yaratadi.

Duluk

Qadimiy manzilgohlar haqida gap ketganda, birinchi navbatda gʻorlar yodga tushadi. Eng qadimgi gʻorlardan biri Gaziantepda joylashgan. Duluk qishlogʻida 30-40 ming yil avval odamlar yashagan gʻorlar bor va ular orasida qadimiy yer osti ibodatxonasi ham mavjud. Dulukbaba maydonida sadr daraxtlari soyasida sayr qilish oʻzgacha zavq bagʻishlaydi.

Yesemek ochiq osmon ostidagi muzey

Yesemek ochiq osmon ostidagi muzeyda Xettlarga oid koʻplab asarlar mavjud. Tarixiy ashyolar orasida haykallar va karer bor. Yesemekdagi qazishma ishlari 1890-yilda Germaniya Sharq tadqiqot instituti va 1960-yillardan esa Turkiya tomonidan olib borilgan. 300 dan ortiq haykalni oʻz ichiga olgani uchun ochiq osmon ostidagi muzey 2012-yilda YUNESKOning Jahon merosi vaqtinchalik roʻyxatiga kiritilgan.

Oʻmeriya masjidi

Gazeantepning eng eski Oʻmeriya masjidi Xalifa Hazrati Umarning nabiralari Umaviylar xalifasi Umar bin Abdulaziz tomonidan qurilgan deb taxmin qilinadi. Uning tarixi 1200-yillarga borib taqaladi va noyob tosh oʻymakorligi bilan barchani lol qoldirmoqda. Oʻmeriya masjidining boshqalaridan ajratib turadigan farqli jihati masjidning ochilib yopiladigan Oʻmereyn deb atalgan minbaridir. Minbar oʻz vazifasini bajarib boʻlgach, u maxsus mexanizm yordamida devorlar orasidagi joyiga qayta joylanadi.

Tarixiy Bey mahallasi

Tarixiy Bey mahallasi Gaziantepning eng mashhur manzillaridan biri boʻlib, asli Salonikida tugʻilgan Otaturkning rasmiy aholi sifatida roʻyxatga olingan joy hisoblanadi. Bu mahallada 1500-yillardagi tosh uylar juda koʻp. Gaziantepning dinlar beshigi boʻlishida katta rol oʻynagan mahallada 20 asrgacha musulmonlar va armanlar birga yashagan. Bugungi kunda mahallada Otaturk yodgorlik muzeyi, Etnografiya muzeyi, Hamam muzeyi mavjud.

Otaturk yodgorlik muzeyi

Otaturkning Gaziantepda roʻyxatga olingani va har yili muntazam tashrif buyurganligi bois Bey mahallasidagi Konukogʻlu oilasiga tegishli uy muzeyga aylantirilmoqda. Anʼanaviy Antep uyi boʻlgan muzey hovlisida Otaturkning guvohnoma nusxasi va Gaziantepga berilgan Mustaqillik medalini koʻrish mumkin. Shu bilan birga, muzeyda Otaturk haqida keng qamrovli tadqiqot va Otaturkning Gaziantepga kelganida ishlatgan buyumlari ham mavjud.

Almaji bozori

Bugungi kunda Elmaji bozori sifatida tanilgan Almaji bozori Gaziantepdagi eng yaxshi tashrif buyuradigan joylardan biridir. Antepning faxri boʻlgan eng yangi pistalarni shu yerda topish mumkin. Bozorda koʻplab yongʻoq va quritilgan mevalar mavjud. Antepga xos narsalarni xarid qilish uchun bu bozordan yaxshiroq variant yoʻq. Qurutilgan mahsulotlardan tashqari, mis mahsulotlari ham bor. Biroq, biror narsa sotib olayotganda, bir nechta doʻkonlardan soʻrash va savdolashish foydalidir. Chunki bozordagi doʻkonlarda narxlar juda farq qiladi.

Gaziantep botanika bogʻi

Ushbu bogʻ 2009-yilda ochilgan Gaziantepdagi birinchi botanika parkidir. Parkda Turkiya florasiga tegishli koʻplab oʻsimliklarni topish mumkin boʻlgan hovuz ham mavjud. Parkga haftaning har kuni tashrif buyurish mumkin.

Gaziantep qalʼasi

Ushbu qalʼa bir vaqtlar shaharni himoya qilish uchun xizmat qilgan, keyinchalik qayta tiklanib, muzey sifatida tashrif buyuruvchilarga ochilgan. Uning tarixi ancha qadimiy. Gaziantep qalʼasi bizni 4 ming yillik oʻtmishga olib boradigan tarixga ega. Avliyo Chalabiyning “Sayohatnoma” asarida keltirilishichaa, qalʼaning tarixda 36 ta alohida minorasi boʻlgan.

Medusa Arxeologik Shisha Asarlar Muzeyi

Medusa arxeologik shisha asarlari müzeyi shisha sanʼati ixlosmandlarining albatta koʻrishi kerak boʻlgan joylardan biridir. Ichkarida bronza davri, Rim, Vizantiya va Usmonli davriga oid koʻplab shisha va sopol buyumlar mavjud. Muzey doirasida seminarlar ham oʻtkaziladi.

Tahmis qahvasi

Gaziantepga borgan har bir kishi albatta Tahmis qahvaxonasiga tashrif buyurmasdan ketolmaydi! 1635-yilda ochilgan Tahmis qahvaxonasi zahter choyi, dibek qahvasi va anʼanaviy turk qahvasi bilan juda mashhur. Gaziantepning ruhini aks ettiruvchi oʻziga xos atmosferasi bilan eʼtiborni tortgan Tahmis ochiq va yopiq maydonlarga ega.

Izohlar 0

Fikr bildirish