So`ngi yangiliklar
Laziz Kudratov Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy missiyasi direktori Kanokpan Lao-Araya bilan uchrashdi
AQSH va Ukraina yer osti boyliklari boʻyicha kelishuvga erishdi
Navoiyliklar nimadan norozi?
Samarqandlik ota-bolaga IIB xodimlari nega kuch ishlatdi?
Yaxshidan bogʻ, yomondan dogʻ qoladi…
“Vaʼda boshqa, amal boshqa. Mamlakatda jurnalistika, blogosfera butkul oʻlimtik ahvolga keltirildi” – Ilyos Safarov
Vijdon erkinligi...
Xorazmda fuqarolarga soxta diplom olib bergan shaxs ushlandi
Turkiya 2025-yilda turizmdan 65 milliard dollar daromad olishni rejalashtirmoqda
Turkiya Sayyohlik Agentliklari Uyushmasi (TÜRSAB) boshqaruv kengashi raisi Firuz Bagʻlikaya turizm sohasida bu yil 65 milliard dollar daromad olishni maqsad qilganliklarini aytdi.

Firuz Bagʻlikaya, shuningdek, Turkiya turizm boʻyicha dunyoning eng yaxshi davlatlari qatorida ekanligini va bu muvaffaqiyatning barqarorligini taʼminlash uchun tarmoq sifatida oʻz masʼuliyatini bajarishga tayyor ekanini ham qayd etdi.
“Bu yil Ramazon hayiti munosabati bilan mavsum biroz erta boshlanadigan koʻrinadi. Bu davrda maktablarda ikkinchi semestr oraliq taʼtili ham boshlanadi. Bu ajoyib dam olish imkoniyatini beradi. Ichki turizmda faollik kuzatilmoqda. Tashqi turizm bilan bogʻliq ishlar aprel oyida boshlanadi. Demak, hozirda istiqboli past hech qanday bozor yoʻq. Odatdagi oʻsishlar hamma joyda davom etmoqda”, dedi Bagʻlikaya Turkiyada Ramazon bayrami munosabati bilan mavsum erta boshlanayotganini taʼkidlab.
Bağlikaya dunyo boʻylab sayyohlar soni va turizm daromadlarining ortishi Turkiyadagi ortish bilan bir xil boʻlib, bu yoʻlda Turkiyaning xavfsiz turizm manzili sifatidagi qiyofasini saqlab qolish uchun harakat qilayotganliklarini bildirdi.
“2025-yilda rekordlarni yangilashda davom etamiz”
Turkiyaning turizmdagi asosiy bozorlari Germaniya, Rossiya va Angliyadir. Bu bozorlarda kuchli aloqalarni saqlab qolish va rivojlantirish uchun katta saʼy-harakatlar olib borilmoqda. Firuz Bagʻlikaya Markaziy Yevropa davlatlarining, ayniqsa, madaniy va tarixiy turizm nuqtayi nazaridan muhim salohiyatga ega ekanligini va bu mintaqalardan sezilarli turist oqimi kutayotganini taʼkidladi va bu yilgi turizmdan kutilayotgan daromadga toʻxtaldi:
“Turkiya Madaniyat va turizm vazirligi bu yilgi daromadni oʻtgan yilgi daromadga nisbatan10 foizga oshirishni maqsad qilgan. Oʻtgan yilni 60 milliard dollar bilan yakunlagan edik, bu yil maqsadimiz 65 milliard dollarga yetish. Bu borada hech qanday moʻjiza kutmayapmiz, aksincha maqsadga erishish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz. Qolaversa, turistlar dengiz, qum va quyosh bilan qanoatlanmayapdi. Ular gastronomiya, madaniyat, eʼtiqod va tibbiyot turizmi kabi turli sohalarda tajribaga ega boʻlishni istashadi. TÜRSAB sifatida biz bu tendensiyalarni yaqindan kuzatib boramiz va Turkiyaning turizm xilma-xilligini oshirish uchun harakat qilamiz”.
“Biz har qanday mahsulot bilan raqobatlasha olamiz”
Soʻnggi yillarda Turkiyaning gastronomiya salohiyatini roʻyobga chiqarish yoʻlida muhim qadamlar tashlanmoqda. Bagʻlikayaning fikriga koʻra, Mardin va Gaziantepda juda yaxshi va mahalliy mazali taomlar tayyorlanadigan oshxonalar bor. “Sayyohlar endi birgina maqsad bilan sayohat qilishmaydi. Albatta mahsulotni yoniga yana nimalarnidir qoʻshish kerak boʻladi. Bizda esa har qanday mahsulot bilan raqobatlasha oladigan mahsulot boyligimiz bor”, dedi u.
Agentliklarning turizmda yetakchi roli borligini tilga olgan Bagʻlikaya quyidagilarni taʼkidladi:
“Tibbiyot turizmi bilan sayyohlik agentliklaridan boshqa hech kim shugʻullana olmaydi. Bizda gastronomiya turizmi uchun hamma joyda chiroyli restoranlar bor. Mehmonxonalar bor, lekin mijoz boʻlmasa, nima foyda? Bu sarguzashtlarni boshidan kechirishni istaganlar bor, lekin uni mahsulotga aylantirmasak, u sotilmaydi. Turkiyaga kelayotgan sayyohlarning 85 foizi turlar, yaʼni sayohat agentliklari orqali keladi. Turizm mahsulotini olish uchun sayyohlik agentligi kerak. Turizm tarmogʻi sifatida bundan buyon ham yurtimiz ravnaqi va farovonligiga hissa qoʻshishda davom etamiz”.



