So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Polshada urush ehtimoliga “trevoga ryukzaklari” sotilmoqda
Xabarga koʻra, Polshada urush va boshqa favqulodda vaziyatlarda omon qolish uchun “trevoga ryukzaklari”ni sotish boshlanganligi maʼlum boʻldi.
Maxsus ryukzakda SOS rejimiga ega fonarcha, hushtakli yotoq xaltasi, taktik pichoq, montirovka, qalamli bloknot, plash, ombur, uchtasi birda USB-kabel, universal sumka, poʻlat krujka va ilgakli elastik shnur bor. “Trevoga ryukzagi” taxminan 150 zlota (salkam 504 ming soʻm) turadi.
Biroq hukumat xavfsizlik markazi favqulodda holat ryukzagiga quyidagilarni ham kiritishni tavsiya etadi: batareya bilan ishlaydigan radio, respiratorlar yoki himoya niqoblari, kompas, GPS qurilmasi, konserva ochqich, ikki kunlik oziq-ovqat zaxirasi, birinchi yordam toʻplami, suv filtrlash idishi va arqonlar.
Birinchi marta bunday ryukzak 2024-yil oʻrtalarida paydo boʻlgan, unda omon qolish uchun zarur boʻlgan koʻplab narsalar bor edi. Hozir kompaniya shunga oʻxshash mahsulotni taqdim etmoqda, uning narxi bir necha baravar past.
Asosan, Biedronka “trevoga ryukzaklari”ning sotilishi Rossiya tomonidan doimiy tahdid bilan bogʻliq. Ukrainadagi urush koʻplab polyaklarni omon qolish uchun uskunalarga koʻproq eʼtibor berishga majbur qildi. Ayni paytda Polsha hukumati fuqarolar uchun maxsus harbiy qoʻllanma ustida ishlamoqda, deb yozadi nashr.