So`ngi yangiliklar
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
Eynshteynning mashhur surati rekord narxga sotildi
Savdolarni “RR Auction” auksion uyi oʻtkazdi.
Albert Eynshteynning tilini koʻrsatgan mashhur fotosuratining asl nusxalaridan biri Bostondagi kimoshdi savdosida katta miqdordagi pulga —338 630 dollarga sotildi.
Bu surat 1951-yil 14-martda fotograf Artur Sass tomonidan olingan. Oʻsha kuni Eynshteyn oʻzining 72 yoshini nishonlagan, ziyofat tugagach, u doʻstlarining uyiga olib borib qoʻyish taklifidan foydalangan. Olim avtomobilga oʻtirishi bilanoq, reportyor undan suratga tushishni soʻragan. Kameralardan charchagan olim buning oʻrniga tilini koʻrsatgan — shu tariqa ramziy kadr paydo boʻlgan.
Keyinchalik Eynshteyn gazetada ushbu suratni koʻrib, imzo chekish va doʻstlariga sovgʻa qilish uchun uning 9 ta nusxasini soʻraydi. Shu nusxalardan biri kimoshdi savdosiga qoʻyildi.
Lotning dastlabki narxi 40 ming dollardan sal koʻproqni tashkil etgandi, ammo kolleksionerlarning qiziqishi stavkaning sezilarli darajada oshishiga olib keldi. Natijada surat 338 630 dollarga sotib olindi.
Ushbu nusxa natsistlar Germaniyasidan AQSHga qochib oʻtgan va Prinston universitetida ishlagan, shu maskanda Eynshteyn bilan tanishgan iqtisodchi Otto Natan nomiga yozilgan.