So`ngi yangiliklar
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
Xitoy urushdan keyin Ukrainani tiklashga yordam berishga tayyorligini maʼlum qildi
Bu haqda Xalqaro hamkorlik agentligi vakili Li Min bayonot berdi.
“Biz manfaatdor tomonlarning xohish-istaklariga muvofiq oʻz imkoniyatlarimiz doirasida yordam koʻrsatishni davom ettirishga tayyormiz, bu, albatta, urushdan keyingi rekonstruksiyani ham oʻz ichiga oladi”, deb uning soʻzlarini keltirdi China Daily nashri.
Uning soʻzlariga koʻra, Xitoy allaqachon Ukrainaga toʻrtta gumanitar yordamni yetkazib bergan. Li Min shuningdek, Pekin “dunyo tinchligi va barqarorligi uchun ijobiy kuch va global adolat uchun ilgʻor kuch” boʻlib qolishda davom etishini aytdi.
Xitoy Rossiya bilan Ukraina urushida rasman hech bir taraf yonini olmadi. Rasmiy Pekin Rossiyaning Ukrainaga qarshi keng koʻlamli urushini “Ukraina inqirozi” deb atashda davom etmoqda.
Saudiya Arabistonidagi AQSH-Ukraina muzokaralari arafasida Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mao Ning Pekin Rossiyaning Ukrainaga qarshi urushini siyosiy jihatdan tartibga solish uchun xalqaro hamjamiyat bilan ishlashga tayyorligini aytgan edi.