So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Yevropa ittifoqi fevral oyida rekord darajada gaz xarid qildi
Bu haqda gaz eksport qiluvchi mamlakatlar forumi hisobotiga tayanib, “RIA Novosti” xabar berdi.
Maʼlum boʻlishicha, yoqilgʻi yetkazib berish oʻtgan yilga nisbatan 19%ga oʻsib, 11,99 million tonnaga yetgan. Bunday tendensiya sovuq ob-havo sharoitida quvurlar taʼminotining qisqarishi va isitish uchun gazga boʻlgan talabning oshishi bilan izohlanadi. Shuningdek,“Politiko” nashrining yozishicha, Yevropa Ittifoqi Rossiyaning suyultirilgan gaz importini butunlay taqiqlamadi, chunki u avval AQSH bilan yoqilgʻi yetkazib berish boʻyicha kelishib olmoqchi.
“Yevropa Ittifoqi fevral oyida Rossiyaga qarshi sanksiyalarni qabul qilganda, bosim kuchayib borayotganiga qaramay, amaldorlar Rossiya suyultirilgan tabiiy gaziga taqiqni kiritmadilar. Bunga sabab Donald Tramp bilan davom etayotgan muzokaralar edi: Yevropa Ittifoqi Vashington bilan kelishuvga erishmaguncha Rossiya keltirilayotgan yoqilgʻiga rasmiy taqiq qoʻyishni taklif etishni xohlamadi,” deya manbaning soʻzlarini keltiradi “RIA Novosti”.
2025-yil mart oyi boshiga kelib, Yevropadagi yer osti gaz omborlaridagi yoqilgʻi zaxiralari ularning umumiy sigʻimining deyarli 38%igacha tushib ketgan. Bu uch yil ichidagi eng past koʻrsatkichdir. Yevropa gaz infratuzilmasi operatorlari uyushmasi (GIE) maʼlumotlariga koʻra, bu koʻrsatkich mart oyi boshidagi soʻnggi besh yillik oʻrtacha koʻrsatkichdan 11,46% punktga orqada qolmoqda.
2024-yil 31-martda yakunlangan oʻtgan isitish mavsumini Yevropa davlatlari yer osti gaz omborlarining rekord darajadagi toʻldirish koʻrsatkichi — 58,44% bilan tugatdilar.