So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Nyu-York sayyohlik markazida bir kishiga oʻt qoʻyib yuborildi
Bu haqda Fox News nashri xabar berdi.
Nyu-York politsiyasi yakshanba kuni ertalab shaharning eng koʻp sayyohlar tashrif buyuradigan maydoni boʻlmish Tayms-skver markazida odamni yoqib yuborgan gumonlanuvchini qidirmoqda, deya xabar beradi Fox News nashri.
Maʼlum boʻlishicha, omon qolgan 45 yoshli jabrlanuvchiga ertalab soat 4 larda Midtaun-Manxetten sayyohlik markazida hujum qilindi. Jabrlanuvchi ogʻir kuyish jarohatlari bilan mahalliy shifoxonaga yetkazilgan.
Shuningdek, erkak huquq-tartibot idoralariga nomaʼlum shaxs uning ustiga suyuq, tez yonuvchi moddani quyib yuborganini aytgan.
Hozirda politsiya gumonlanuvchini qidirmoqda, u oxirgi marta koʻk rangli kiyimda koʻringan. Kamera tasvirlarini koʻrib chiqqandan soʻng, politsiya hujumchi jabrlanuvchini tanigan boʻlishi mumkin, deb hisoblamoqda va qasddan hujum qilish haqida oʻylamoqda. Biroq oʻt qoʻyish sabablari nomaʼlumligicha qolmoqda.