So`ngi yangiliklar
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
Turkiyada Germesning marmar haykali topildi
Turkiya Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy, Aspendos qadimiy shahridagi arxeologik qazishmalar paytida Germesning marmar haykali topilganini maʼlum qildi.
“Aspendos qadimiy shahrida “Kelajak uchun meros” loyihasi doirasida davom etayotgan arxeologik qazishmalarda Rim imperatorlik davriga oid Germes haykali topildi. Afrodita va Erosning boshlari, Artemida va Nemesisga tegishli haykallarning parchalari ham xuddi shu hududdan topildi”. Ersoy qaytadan dunyo yuzini koʻrayotgan tarixiy topilmalarning mamlakatga, madaniyat va turizm sohasiga foydali boʻlishini taʼkidlab, loyihaga hissa qoʻshgan Madaniy meros va muzeylar bosh boshqarmasi xodimlariga minnatdorchilik bildirgan.
Zevsning xabarchisi Germes tasvirlangan haykal
Vazirlik tomonidan berilgan bayonotga koʻra, Aspendosda qazish ishlari 2024-yil boshlangan boʻlib, qazish ishlari jarayonida Teatr koʻchasining sharqida joylashgan kirish darvozasining janubiy qanotidagi monumental favvora xarobalari orasidan Germesning marmar haykali topilgan. Topilmada Olimpning bosh xudosi Zevsning xabarchisi va xudolarning eng “chaqqoni” Germesning haykali tasvirlangan.
Germes yunon mifologiyasida yoʻllar, savdo, mehmondoʻstlik, diplomatiya, musobaqalar va astronomiya xudosi boʻlish bilan birga oʻgʻrilar va savdogarlar, suruvlar va choʻponlarning himoyachisi sifatida ham tanilgan. Haykal oʻng qoʻlida hamyon, chap qoʻlida esa yelkasidan pastga osilgan ridosi bilan tayoq ushlab turgan holda tasvirlangan. Uning chap oyogʻi yonida boshi Germes tomon qaratilgan qoʻchqor haykalchasi boʻlgan.
Qazishmalar davomida parcha-parcha topilgan haykalnıng deyarli barcha qismi qazib olingan va haykal qazilmalar omborida birlashtirilib, butun holatga keltiriladi. Poydevorini hisobga olgan holda umumiy balandligi 1,65 metrga yetadigan asar oʻzining uslubiy xususiyatlariga koʻra Rim imperiyasi davriga (milodiy II asr oxiri — III asr boshi) tegishli.
Xuddi shu hududda Afrodita va Erosning ham boshlari topilgan
Germes haykali topilgan hududda sevgi va goʻzallik maʼbudasi Afrodita va sevgi xudosi Erosga tegishli deb taxmin qilingan boshlar ham topilgan. Haykallar hududga xos badiiy uslubda ishlanganligi va davrning estetik tushunchasini aks ettirgani kuzatilgan. 2024-yilda “Kelajak uchun meros” loyihasi doirasida olib borilgan qazishmalarda xuddi shu hududda ov, yovvoyi tabiat, hayvonlar va tabiat maʼbudasi Artemida bilan adolat, taqdir va qasos ramzi boʻlgan Nemesisga tegishli ekanligi taxmin qilingan tana aʼzolari ham topilgan.
Aspendos qadimiy shahrida olib borilgan qazishmalar mintaqaning madaniy merosiga oydinlik kiritishda davom etmoqda.