So`ngi yangiliklar
Qamchiq dovonida ob-havo keskinlashdi: haydovchilardan ehtiyotkorlik so‘ralmoqda
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Elektrsiz qolgan Gʻazo (fotogalereya)
Isroil hukumati Gʻazoga nisbatan qamalini kuchaytirgach, hudud aholisini elektr bilan taʼminlovchi eng katta tarmoqni buzib, aholini elektrsiz kun kechirishga majbur qilmoqda.
Maʼlum qilinishicha, mazkur holat yuzasidan Qatar va Iordaniya hukumati ham Netanyaxu maʼmuriyatini keskin tanqid ostiga olgan.
“Isroil hukumati Gʻazo hududini qamal qilish uchun aholini elektr energiyasiz qoldirishni maqsad qilgan. Shu sabab bir necha oydirki, hududdagi falastinliklar qorongʻilikda qolmoqda”, deyiladi Qatar va Iordaniya hukumatlari bayonotida.
Shuningdek, HAMAS harakatining taʼkidlashicha, Isroil oʻt ochishni toʻxtatish kelishuviga qaramay, Gʻazo va Misr oʻrtasidagi chegara hududini hamon egallab turibdi. Shu sababli mamlakatga kirishi kerak boʻlgan tashqi insonparvarlik yordamlarining Gʻazoga yetib borishiga muntazam toʻsqinlik qilmoqda.
Maʼlumotlarga koʻra, Yaman hukumati vakillari ham agar Isroil Gʻazoga nisbatan qamalni bekor qilmasa, Qizil dengizdagi Isroil bilan bogʻliq kemalarga nisbatan hujum uyushtirishini maʼlum qilgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq, Gʻazo sektoriga kirishi kerak boʻlgan oziq-ovqat, dori-darmon hamda kiyim-kechak mahsulotlarining Isroil hukumati tomonidan ushlab qolinishi sababli Gʻazodagi falastinliklar misli koʻrilmagan ochlik girdobida qolishi mumkinligi haqida xabar berilgan edi.