So`ngi yangiliklar
Tadbirkorlarga subsidiyalar ajratilishini monitoring qilishning yangi tartibi joriy etildi
Saida Mirziyoyeva Rimda «Insoniy birodarlik–2026» mukofoti sovrindorlarini aniqlashda ishtirok etdi
Paralimpiya sport turlari yanada rivojlantiriladi
Axborot texnologiyalari sohasida davlat nazorati tizimi takomillashtiriladi
“Kelajak” markazlarida o‘qish uchun ota-onalar badali miqdorlari belgilandi
Sharqiy Onado‘lining yashirin xazinalari: qishki sayohatlar uchun betakror manzillar
Ekohududlarda turistik so‘qmoqlarni tashkil etish tartibi belgilandi
“Elektron retsept” tizimi orqali davolash xavfsizligi va dori taqsimoti nazorat qilinadi
Himolaydagi koʻchki ostida 36 soat qolib ketgan ishchilar tirik holda qutqarildi
CNN xabar berishicha, ular Hindiston armiyasi tomonidan qutqarib olingan.
Hindistonning Uttarakhand shtatida Himolay togʻlari etaklaridagi kuchli qor koʻchkisi oqibatida metall konteynerlarda qamalib qolgan ishchilar 36 soat davomida tirik qolishga muvaffaq boʻldi.
Maʼlum boʻlishicha, qor koʻchkisi 28 — fevral kuni, dengiz sathidan 10500 fut (3200 metr) balandlikda joylashgan Mana qishlogʻi yaqinida sodir boʻldi. Qutqaruv ishlari davomida 46 nafar ishchi tirik qolgani,8 kishi esa halok boʻlgani maʼlum boʻldi. Hindiston armiyasi hududda keng koʻlamli qutqaruv operatsiyasini olib bordi.
Shuningdek,qurilishda mehnat qilgan ishchilar asosan uzoq hududlardan kelgan muhojirlar boʻlib, ular avtomobil yoʻli qurilishida ishtirok etgan. Oddiy sharoitlarda chodirlarda yashagan ishchilar noqulay ob-havo tufayli metall konteynerlarda vaqt oʻtkazishgan, bu esa ularning hayotini saqlab qolishda muhim omil boʻldi.