So`ngi yangiliklar
Prezident Shavkat Mirziyoyev O‘zbekiston xalqiga Konstitutsiya kuni munosabati bilan bayram tabrigi yo‘lladi
Toshkentda giyohvandlik moddalari muomalasi bilan shug‘ullangan ikki talaba qo‘lga olindi
Navoiyda 300 MVt quyosh fotoelektr stansiyasi va 75 MVt quvvatli energiya saqlash tizimi qurilishi boshlandi
Qozog‘istondagi avariyada O‘zbekiston fuqarolari halok bo‘ldi
Opta superkompyuteri 2026 yilgi Jahon chempionati uchun asosiy favoritni taxmin qildi
O‘zbekistonda turizm sohasida barqaror o‘sish qayd etildi
Turkiyaning Konya shahrida Jaloliddin Rumiy xotirasiga bag‘ishlangan “Shab-i arus” marosimi o‘tkaziladi
Pop tumanida 3,4 magnitudali zilzila ro‘y berdi
Onadoʻlining 800-yillik “qoʻlyozma” merosi dunyo yuzini koʻradi
Bundan 800-yil muqaddam Onadoʻlida Saljuqiylar davlati davrida yozilgan, bir qismi Fotih Sulton Mehmet kutubxonasida saqlangan, bir qismi Sulaymon Qonuniy davrida yozilgan kitoblarning hamda Abbosiy va Mamluklar davriga oid asarlarning zararlangan sahifalari va muqovalari qayta taʼmirlanmoqda.
Turkiya Qoʻlyozmalar Instituti Kitob shifoxonasida (kitoblar saqlanib, taʼmirlanib, nomerlashtiriladigan boʻlim nomi) bugungi kungacha saqlanib qolgan qoʻlyozmalar ehtiyotkorlik va ustalik bilan restavratsiya qilinmoqda. 800-yillik tarixga ega ushbu qoʻlyozmalarning qayta tiklash ishlari tugagandan keyin hujjatlashtirilib, qutilarga solinib, tegishli kutubxonalarga joʻnatiladi va saqlov boʻlimlarida saqlanadi.
Asarlar hasharotlarga qarshi - 40 daraja sovuqda muzlatiladi. Kitob shifoxonasi va arxivlar boʻlimi boshligʻi doktor Nil Baydarning soʻzlariga koʻra, jami 102 kishi ishlagan shifo markazida restavratorlar tomonidan turli jarayonlardan oʻtkazilgan qoʻlyozmalarning nima sababdan zarar koʻrganini aniqlash uchun kimyo va mikrobiologiya mutaxassislari tomonidan qogʻoz, siyoh va dogʻlari tekshirilgan.
“Avvalo, asarlar tezkor taʼmirga muhtoj yoki yoʻqligini koʻrib chiqamiz. Zararkunandalarga qarshi ehtiyot choralarini koʻrish uchun birinchi navbatda asarlar - 40 daraja sovuqda muzlatiladi. Keyin mikroorganizmlar bilan bogʻliq muammo boʻlsa, ular birinchi navbatda zararsizlantiriladi, soʻngra hujjatlashtirish boshlanadi”, qoʻshimcha qildi Nil Baydar.
2024-yilda 417 ta asar restavratsiya qilindi. Baydar matn qismi tugagandan soʻng, tikish va muqovasini taʼmirlash ishiga oʻtilishini taʼkidlab, shunday davom etdi: “2024-yil statistikasiga koʻra, koʻrgazma tufayli qayta tiklangan kitoblar soni biroz oshdi. Bu shifo maskanida meʼyor doirasida bir kishi bir yilda koʻpi bilan 5 yoki 5,5 dona kitobni taʼmirlay oladi. Chunki bu mashaqqatli ish va mehnat talab qiladi. Bu yerda 2024-yilda 417 ta asar qayta tiklandi”.
Ilk bor qayta tiklangan jildlar koʻrgazmaga tayyorlanmoqda. Baydar yaqin kunlarda Kitob shifoxonasi tomonidan koʻrgazma tashkil etilishini maʼlum qildi: “Hozir juda hayajondamiz. Yaqinda qoʻlyozma asarlar koʻrgazmasi boʻladi. Ushbu koʻrgazmadagi asarlarning 95 foizi birinchi marta namoyish etiladi. Gazlama, qoʻlda tikilgan muqovalar, Abbosiylar davri, Mamluklar davlati, Fotih Sulton Mehmed kutubxonasidagi kitoblar, Mamluk sultonlari uchun tayyorlangan asarlar, Sulaymon Qonuniy podsholik davridagi tilla bilan bezatilgan kitoblar kabi jami 60 asarni jamlaymiz. Yosh restavratorlarimiz ularni taʼmirlash ustida ishlamoqda. Koʻrgazma fevral oyining oxiriga rejalashtirilgan”.