So`ngi yangiliklar
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Rus tili imtihonlari Rossiya byudjetiga 30 million dollar daromad keltirdi
Laziz Kudratov Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy missiyasi direktori Kanokpan Lao-Araya bilan uchrashdi
AQSH va Ukraina yer osti boyliklari boʻyicha kelishuvga erishdi
Navoiyliklar nimadan norozi?
Turkiyadagi Xalq kutubxonasi jahon kutubxonalari uchun andaza boʻlmoqda
Turkiya Prezidenti huzuridagi Xalq Kutubxonasi bundan roppa-rossa besh yil avval ochilgan boʻlib, oʻzining mahobati, boy kitob fondi, konferensiya va trening xonalari hamda xalqaro hamkorliklari bilan Turkiyaning butun dunuyoga ochiq maʼrifat oynasi boʻlib xizmat qilmoqda.

Kutubxonaning tantanali ochilish marosimi 2020-yilning 20-fevral kuni Turkiya Prezidenti Rajab Toyyip Erdoʻgʻon mezbonligida va Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda 2500 nafar akademik, olim-u yozuvchilar, davlat va jamoat arboblari ishtirokida boʻlib oʻtdi.
Oʻsha kundan eʼtiboran Xalq kutubxonasi haftada 7 kun 24 soat davomida turli yoshdagi kitobxon va tashrif buyuruvchilarga xizmat koʻrsatmoqda.
Kutubxona 2 million 500 ming bosma kitob fondi, 23 ming 400 jurnalga tegishli 2 million 900 ming davriy nashr va jami 5 million 400 ming bosma manbaga ega.
136 mamlakatdan 140 tilda kitoblar mavjud!
Prezidentlik Bosh Kotibiyatining Kutubxonalar boʻlimi boshligʻi Ayhan Tugʻlu kutubxona tashkil etilganidan buyon davlat rahbarlari, elchilar bilan birga qariyb 7 million ziyoratchi tashrif buyurganini va oʻtgan yili kunlik oʻrtacha 5 ming kishi kelganini bildirdi.
“Hozirda 5,5 million bosma manbaga erishdik. Kutubxonamiz ham dunyoning turli davlatlaridan olingan maxsus kolleksiyalar bilan boyitildi. Jihannuma zalida 136 davlatdan 140 tildagi kitoblar mavjud”, dedi Tugʻlu Xalq kutubxonasining Turkiyadagi eng katta kutubxona ekanligini taʼkidlab.
Tugʻlu tadbirlar faoliyatiga toʻxtalar ekan, dam olish kunlarida 4 guruhga moʻljallangan “tajriba seminarlari”, hafta davomida ASELSAN tomonidan robot yordamida sunʼiy intellekt darslari, Raqamli Transformatsiya idorasining sunʼiy intellekt, tadbirkorlik va kiberxavfsizlik boʻyicha oʻtkazayotgan treninglari hamda oʻz imkoniyatlari doirasida tashkil etgan 30ga yaqin oʻquv mashgʻulotlarining davom etayotgani haqida maʼlumot berdi.
“Kutubxonamiz butun dunyoga tanila boshladi”
Xalq kutubxonasining xorijda ham qiziqish bilan kuzatilayotganini va kutubxonaning, ayniqsa AQSHda “Erdoʻgʻan kutubxonasi” sifatida tanilganligligiga eʼtibor qaratgan Tugʻlu quyidagilarni qayd etdi: “Bu joy hozir Turkiyada kutubxonachilikni boshqaradigan markazga aylandi. Prezidentimiz Rajab Toyyib Erdoʻgʻanning qarashlari tufayli shu darajaga yetdik. Kutubxonamiz dunyo miqyosida tanila boshladi. Yevropaning koʻplab davlatlari bilan hamkorligimiz bor. Xususan kutubxonamiz Turkiy davlatlardagi baʼzi kutubxonalarga andaza boʻlib xizmat qildi. Noyabr oyida kutubxonaning 5-yilligiga bagʻishlangan xalqaro anjuman oʻtkazishni rejalashtirganmiz”.



