So`ngi yangiliklar
Rayhonning “Yaxshimasmi” qo‘shig‘ida she’rdan muallif ruxsatisiz foydalanilgani aniqlandi
Fermerlarga bosim ortmoqdami?
Oʻyinchoq toʻpponcha bilan bankni oʻmarmoqchi boʻlgan erkakning shaxsiga aniqlik kiritildi
“Ferrari” oʻzining ilk elektromobilini ishlab chiqarmoqchi
Rus tili imtihonlari Rossiya byudjetiga 30 million dollar daromad keltirdi
Laziz Kudratov Osiyo taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi doimiy missiyasi direktori Kanokpan Lao-Araya bilan uchrashdi
AQSH va Ukraina yer osti boyliklari boʻyicha kelishuvga erishdi
Navoiyliklar nimadan norozi?
Turkiya 2025-yil Xalqaro velosport musobaqalariga mezbonlik qiladi
Turkiya oʻzining hayratlanarli manzaralari, boy va noyob qadimiy merosi va yil davomida velosiped haydash uchun qulay iqlimi tufayli butun dunyo boʻylab haqiqiy velosipedchilar uchun jannatmakon oʻlka sifatida ajralib turadi.

Turkiya, shuningdek, professional va havaskor velosport musobaqalari uchun eng muhim manzil hisoblanadi. 11-12 oktabr kunlari Istanbulda Tour de France tomonidan Turkiya Prezidentligi veloturidan (27-aprel - 4-may) LʻEtape Turkiya turiga qadar koʻplab velosport musobaqalari uyushtirilmoqda.
Gran Fondo bu yil havaskor velosipedchilarga oʻzlarini sinab koʻrish uchun Turkiyada tashkil etilgan yana bir velosport poygasidir. Musobaqa doirasida yil davomida 13 viloyatda 16 ta poyga oʻtkaziladi. Turkiyaning dengiz boʻyidagi maftunkor shaharchasi Kemer 18-19-aprel kunlari 13 ta velosiped marshruti -beshtasi yoʻl velosipedlari va sakkiztasi togʻ velosipedlari uchun moʻljallangan Gran Fondo musobaqasiga mezbonlik qiladi.
Musobaqaning ilk poygalari Egey mintaqasidagi Bodrum va Fethiye shaharlarida oʻtkaziladi. 5-6-aprel kunlari Bodrum Gran Fondo, 12-13-aprel kunlari Fethiye Gran Fondo velosport musobaqalari boʻlib oʻtadi. Poygalar 24-25-may kunlari Marmara mintaqasining tarix, boy oshxona madaniyati va tabiat uygʻunlashgan Bursa shahrida davom etadi.
Musobaqaning Qora dengizdagi bosqichi 17-18-may kunlari ajoyib tabiat manzaralariga ega zamonaviy, ayni vaqtda tarixiy shahar Samsunda boshlanadi. Gran Fondo velosipedchilarni 14-15-iyun kunlari ertaklar mamlakati Kappadokiyaga olib boradi. Kappadokiya oʻzining betakror relefi, ulkan qoya toshlari, qadimiy gʻor uylari va keng vodiylari bilan velosipedchilarni maftun etishiga shak-shubha yoʻq.
Trabzon 28-29-iyun kunlari velosipedchilarni kutib oladi, u yerda velosipedchilar panoramik manzaralardan bahramand boʻlib, jonli qirgʻoq boʻyidagi shahar boʻylab poygani davom ettirishadi. Anqara 23-24-avgust kunlari Gran Fondo musobaqasiga mezbonlik qiladi va velosipedchilarga poytaxtning boy tarixi, diqqatga sazovor joylari va joʻshqin shahar atmosferasi bilan tanishish imkoniyatini bersa, Gran Fondo Zonguldak esa 30-31-avgust kunlari ishtirokchilarni muhtasham dengiz manzarali Zonguldakning past-baland va yam-yashil tepaliklari boʻylab hayajonli sayohatga olib boradi. Qora dengizdagi Gran Fondo musobaqasi 13-14-sentyabr kunlari choy maydonlari, ajoyib sharsharalari va mashaqqatli togʻ yoʻllari bilan mashhur Rizeda tugaydi.
Gran Fondo Ayvalik 6-7-sentyabr kunlari boʻlib oʻtadi va velosipedchilar bu tarixiy shaharchaning zaytun bogʻlari, qirgʻoq qoyalari va tarixiy koʻchalari boʻylab velosipedda poyga qilish baxtiga musharraf boʻladi. Velosipechilar 20-21-sentyabr kunlari Pamukkaleda davom etadigan poygada Denizlining ajoyib oq travertin teraslari va qadimiy Hiyerapolis shahri orqali oʻtadigan manzillarida noyob tajribaga ega boʻladilar. 25-26-oktyabr kunlari Gran Fondo Cheshmeda esa Turkiyaning eng sevimli qirgʻoq shaharlaridan birida uzumzor va termal buloqlar boʻylab sayr qilinadi.
Gran Fondo poygasi 6-9-noyabr kunlari Antaliyada davom etadi, bu velosipedchilarga kuzning moʻtadil iqlimidan zavqlanib, shaharning betakror manzaralarini kashf qilish imkonini beradi. Nihoyat, poyga 22-23-noyabr kunlari Egey mintaqasidagi Gran Fondo Izmir turi bilan yakunlanadi va velosipedchilarni joʻshqin shaharning yuragidan goʻzal qirgʻoqlarigacha unutilmas sayohatga olib boradi.



