Qidirish

21:40 / 2024-10-22 147 0 Jamiyat

“Whats” – yana bir navbatdagi zamonaviy firibgarlik tarmog‘i

“Whats” nomi bilan tashkil etilgan platforma orqali odamlarning mablag‘larini firibgarlik yo‘li bilan o‘zlashtirib kelgan guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

world-news

“Whats” –  odatiy klassik usulda odamlarning mablag‘larini ko‘paytirib berishni va’da qilib, aslida ularni o‘zlashtirish bilan shug‘ullanib kelgan yana bir firibgarlik tarmog‘idir. Uning asoschilari elektron pullarni qisqa vaqt ichida ikki baravar ko‘paytirib berishni va’da qilib, fuqarolarning ishonchiga kirib, moliyaviy piramida tashkil etgan holda ro‘yxatdan o‘tgan fuqarolarga platformadagi tariflarni “Step”, ya’ni qadamlar bilan asta-sekin “VIP” darajagacha yetib borishga qiziqtiradi. Steplarni sotib olish, 120 AQSH dollaridan 17 ming AQSH dollarigacha bo‘lgan pullarni tikish va har bir taklif qilingan ishtirokchi uchun 12 foiz miqdorda bonusga ega bo‘lish kunlik chet el filmlariga  layk bosish orqali pul ishlash kabi takliflar bildirilgan. 

2024-yilning 28-avgust kunidan boshlab hozirgi kunga qadar ushbu platformaga pul tikib jabr ko‘rgan shaxslar ichki ishlar organlariga pullarini qaytirib olish hamda tashkilotchilarni javobgarlikka tortishni so‘rab murojaat qilgan. Ushbu platforma tashkilotchilari hamda uni moliyalashtirgan shaxslarni aniqlash borasida Ichki ishlar vazirligi tezkor qidiruv departamenti, Kiberxavfsizlik markazi hamda joylardagi bo‘lim xodimlari bilan hamkorlikda olib borilgan tezkor surishtiruv ishlari davomida Buxoro shahrida joylashgan markaziy savdo majmuasining ikkinchi qavatida joylashgan “Whats Bukhara”  MCHJni tashkil etib, u yerda fuqarolarga ushba platformaga a’zo bo‘lish jarayoni, unda pul ishlash imkoniyatlari va yo‘nalishlarni targ‘ib qilib kelgan 1994 yilda tug‘ilgan shaxs qo‘lga olindi. Shuningdek, ushbu platforma Samarqand, Buxoro, Navoiy, Qoraqalpog‘iston Respublikasida ko‘plab mahalliy blogerlar tomonidan targ‘ib qilib kelingan. 

Joriy yilning 22 avgust kunidan e’tiboran platforma bo‘yicha ichki ishlar organlariga jami 500 nafardan ziyod fuqarolardan murojaatlar kelib tushgan va ularning zarari miqdori dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra 4 mlrd so‘mni tashkil qilmoqda. 

Holat yuzasidan IIV huzuridagi tergov departamenti tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Izohlar 0

Fikr bildirish